Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

La liga. «Barselona» autsayderni mag‘lub etdi

La liga. «Barselona» autsayderni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida «Barselona» jadvalda 19-pog‘onasida borayotgan «Elche» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

To‘p nazorati butun o‘yin davomida kataloniyaliklar tomonida bo‘ldi. Birinchi bo‘lim tugashiga 6 daqiqa qolganida Kuman shogirdlari hisobni ochishdi. Breytueyt chap qanotdan yetkazgan uzatmani mezbonlar himoyachisi o‘z darvozasiga burib yubordi. De Yong esa chiziq ustida to‘pni kuchliroq zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Mengesa maydon markazida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Rigoni esa yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, ter Shtegenni dog‘da qoldira olmadi.

Bahs tugashiga bir daqiqa qolganida de Yong yetkazib bergan uzatmani maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Riki Puch bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

"Barselona" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 37taga yetkazib oldi.

Ispaniya chempionati, 20-tur
Elche – Barselona 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 39 de Yong, 0:2 – 89 Puch.
Elche – Badiya, Moxika, Verdu, Barragan, Diyego Gonsales, Guti (Morente, 74), Rodriges (Nino, 82), Markone, Xosan, Rigoni (Luismi, 75), Boye.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alba, Mingesa, Umtiti, Buskets, de Yong, Dembele (Trinkau, 74), Pedri (Puch, 87), Breytueyt, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Buskets (68), Grizmann (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:18, 24.01.2021.
O'qildi: 4375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.