Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Yunayted» Fernandesh transferiga yaqin

«Manchester Yunayted» Fernandesh transferiga yaqin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan ishonchini tobora oshirib bormoqda. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, 21 yoshli futbolchining transferi taxminan 92 million yevroga tushishi mumkin. Qayd etilishicha, ushbu yarim himoyachiga da’vogarlik qilgan Londonning «Arsenal» klubi buncha mablag‘ni to‘lashga tayyor emasligi kutilmoqda.

Fernandesh «Vest Xem»ning asosiy figuralaridan biriga aylandi va bir nechta top-klublar e’tiborini tortdi. Yakunlangan mavsumda u «bolg‘achilar» safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

21 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi Angliya chempionatida mavsumlararo tanaffusning eng qimmat xaridlaridan biriga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 16:20, 12.06.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик