Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Atletiko" rahbari Alvares bo‘yicha "Barselona"ga keskin javob qaytardi

"Atletiko" rahbari Alvares bo‘yicha "Barselona"ga keskin javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Atletiko" bosh direktori Migel Anxel Xil Marin jamoa hujumchisi Xulian Alvaresning kelajagi haqida gapirib, klub argentinalik futbolchini sotish niyatida emasligini yana bir bor ma’lum qildi.

Avvalroq Alvares "Barselona"ga o‘tish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Madrid klubi o‘zining yetakchi hujumchisini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

"Atletiko", barcha katta klublar singari, katta futbolchilar atrofida quriladi. Alvares aynan shunday o‘yinchi, qolaversa, u haqiqiy professional. Biz Xulianga yordam berishda va uning salohiyatini to‘liq namoyon qilishi uchun qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Yevropaning eng kuchli klublari bilan raqobatlashishimiz uchun u bizga kerak", — dedi Xil Marin EFE agentligiga.

"Atletiko" rahbari, shuningdek, so‘nggi oylarda Alvares atrofidagi maslahatchilar uning faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmaganini ta’kidladi.

"Biz boshqa klublar va ularga yaqin OAVga nima qilishimiz kerakligini belgilash hamda sport strategiyamizni shakllantirishga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Ayniqsa, ular bizga hurmatsizlik qilayotgan bir paytda. Ular aynan shuni — bizni bo‘lib tashlashni xohlashadi. Albatta, biz ular kabi qudratli emasmiz, ammo o‘z qadriyatlarimiz bor", — dedi Xil Marin.

26 yoshli Alvaresning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Madridliklar yangi mavsumdagi ilk uchrashuvida "Malaga"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 22:30, 21.08.2026.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик