O‘zbekiston Superligasida 18-tur uchrashuvlari yakunlandi. Tur doirasida o‘tkazilgan 8 ta bahsning 7 tasida g‘olib aniqlangan bo‘lsa, faqat "Paxtakor" – "Surxon" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Turning eng yirik natijasi Buxoroda qayd etildi. "Buxoro" chempionat peshqadami "Neftchi"ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shunga qaramay, farg‘onaliklar 42 ochko bilan turnir jadvalidagi birinchi o‘rnini saqlab qoldi.
"So‘g‘diyona" "Qizilqum"ni 2:1, "Dinamo" OKMKni 1:0, "Andijon" "Mash’al"ni 1:0 hisobida yengdi. "Qo‘qon-1912" safarda "Bunyodkor" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Lokomotiv" "Xorazm"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Turning markaziy uchrashuvlaridan birida "Navbahor" o‘z maydonida "Nasaf"ni 1:0 hisobida yengdi. Ushbu g‘alabadan keyin namanganliklar 34 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
18 turdan keyin "Neftchi" 42 ochko bilan peshqadam. "Paxtakor" 39 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" 34 ochko bilan uchinchi, "Buxoro" esa 33 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
18-tur natijalari:
"So‘g‘diyona" – "Qizilqum" 2:1
"Buxoro" – "Neftchi" 4:1
OKMK – "Dinamo" 0:1
"Mash’al" – "Andijon" 0:1
"Bunyodkor" – "Qo‘qon-1912" 0:1
"Xorazm" – "Lokomotiv" 1:3
"Navbahor" – "Nasaf" 1:0
"Paxtakor" – "Surxon" 0:0














