Angliyaning «Vulverxempton» klubi hujumchisi Patrik Kutrone xizmatlariga La Liganing «Valensiya» klubi jiddiy qiziqish bilan qaramoqda.
Italiyalik futbolchi o‘tgan yili «Fiorentina»ga ijaraga berib yuborilgan edi. Biroq u A Seriyada samarali o‘yin namoyish eta olmadi - 11 ta uchrashuvda Patrik klubiga muvaffaqiyatli yordam bera olmagan.
Natijada Angliyaga qaytarib yuborilgan hujumchi joriy mavsum APLning atigi 2 ta bahsida maydonga tushdi.
Kutronening hozirgi narxi 12 millionga baholanmoqda.