Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Belmadi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Riyad Mahrez "shaharliklar" tarkibida baxtiyor emasligini aytdi.
«Mahrez «Manchester Siti»da baxtiyor emas, chunki u ko‘proq maydonga tushishni xohlaydi. Albatta, Riyad ham boshqa futbolchilar singari har bir uchrashuvda maydonga tushishni xohlaydi. Men unga jamoani tark etib, ko‘proq o‘yin amaliyotiga bo‘ladigan jamoaga o‘tishini ayta olmayman. Men uning menederi emasman, men uchun eng asosiysi – Mahrezni yaxshi formada bo‘lishi va terma jamoaga foydasi tegishi. Riyad bizning jamoamiz sanaladi va men unga butkul ishonaman», - dedi Belmadi dzfoot bilan suhbatda.
29 yoshli Mahrez joriy mavsum «Manchester Siti»ning barcha turnirlaridagi 25 ta o‘yinida ishtirok etdi.