Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Bunyodkor» nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

«Bunyodkor» nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» klubi bugun «Mash’al»ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazib, g‘alaba qozondi.

Garchi uchrashuv "qaldirg‘ochlar"ning g‘alabasi bilan tugagan bo‘lsa-da, bu o‘yin oson o‘tganidan darak bermaydi. Bahs ancha qiziqarli va kurashlarga boy o‘tdi. Xususan, birinchi bo‘limning ikkinchi 15 daqiqaligi davom etayotgan bir vaqtda asabiylik natijasida Sirojjin Allayev va Ibrohim Tomiva bir-birlariga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilishdi. Oqibatda bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev hech ikkilanishlarsiz futbolchilarga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Har ikkala jamoa navbati bilan o‘yinda ustunlik qildi. Ammo hujumlarni gol bilan yakunlash toshkentliklarga nasib qildi. Shahboz Erkinov 41-daqiqada Farrux Ikromovning o‘ng qanotdan yerlatib yetkazib bergan to‘pini o‘ng oyog‘iga to‘g‘irlab, darvozani nishonga oldi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib endi chap qanotdan Miftaxutdinov shogirdlari ajoyib kombinasiya uyushtirishdi. Darvozaga yo‘llangan yakuniy zarbaga Sunnatilla Abdullajonov muallif bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar tarkibi deyarli yangilandi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yindagi jiddiylik, kurashlar pasaygani yo‘q. Mehmonlar 82-daqiqaga kelibgina hisobni bittaga qisqartirishdi. Himoyachining tushunarsiz qaroridan so‘ng to‘pga ega chiqqan Samuel Ononivu Akobir Qayumovni osonlik bilan aldab o‘tdi va gol. Shu tariqa uchrashuv "Bunyodkor"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«BUNYODKOR» - «MASH’AL» - 2:1 (2:0)
8 fevral. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev.
Qanot hakamlari: Husniddin Bahodirov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov.
«Bunyodkor»: Sarvar Karimov (Akobir Qayumov), Sunnatilla Abdullajonov (Valeriy Akopov), Abdullla Abdullayev (Muhammadali G‘iyosov), Diyor Rahimqulov (Muhammadodil Qahramonov), Ulug‘bek Abdullayev (Bek Abdullayev), Suhrob Izzatov (Ibrohim Ibragimov), Sanjar Rashidov (Boburbek Farhodov), Farrux Ikromov (Ibrohim Turg‘unboyev), Odiljon Abdurahmonov (G‘ayrat Azizxo‘jayev), Xurshid G‘iyosov (Jasur Jaloliddinov), Ibrohim Tomiva (Shahboz Erkinov).
«Mash’al»: Doston To‘xtaboyev, Sirojiddin Allayev, Ja’far Ismoilov, Zafarbek Akramov, Sardor Abduraimov, Siroj Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev, Samuel Ononivu, Humoyun Murtozayev, Zoir Tursinov, Ifiani Ifiani.
Zaxiradan tushganlar: Botir Nosirov, Shahzod Shaymanov, Ibrohim No‘’monov, Sardor Xursandov.
Gollar: Shahboz Erkinov, 41 - 1:0. Sunnatilla Abdullajonov, 45 - 2:0. Samuel Ononivu, 82 - 2:1.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 17:51, 08.02.2021.
O'qildi: 2090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик