«Arsenal» xavbeki Tomas Partining yaqin ikki hafta mobaynida safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi.
U muskullari bilan bog‘liq muammoga uchragan. Endi Tomas Yevropa ligasining «Benfika» hamda APL doirasidagi «Man Siti»ga qarshi bahslarda maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum «kononirlar» Premyer-liga turnir jadvalida 11-pog‘onani band etishgan.