Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bardam bo‘l, Yurgen Klopp!

Bardam bo‘l, Yurgen Klopp!

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp uchun 2020-yilga qaraganda, 2021-yil qiyinroq boshlanganini ko‘pchilik muxlislar sezgan bo‘lsa kerak. Dekabr oyining oxirlarda "Liverpul" jamoasi uchun omadsiz kunlar boshlandi, shundan so‘ng "qizillar" ochko yo‘qotishni boshladi va bu muvaffaqiyatsizliklar hozirgacha davom etib kelmoqda. Tasodifga o‘xshab ko‘rinadigan "Nyukasl" va "Vest Bromvich" jamoalari bilan qayd etilgan durang hamda "Sautgempton", "Byornli", "Brayton" kabi jamoalardan uchralgan mag‘lubiyatlar jamoani kundan-kunga turnir jadvalida pastga sho‘ng‘ishiga olib kelmoqda.

O‘tgan hafta "Enfild"da qayd etilgan natija hammasidan ham oshib tushdi. "Liverpul" o‘z maydonida Gvardiolaning "Siti"sidan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Alissonning qo‘pol xatolari hamda jarohatlangan o‘yinchilarning maydonga haligacha qaytmaganligi, APL jadvalida 4-o‘ringa tushib ketishi va 1-o‘rindagi "Manchester siti" jamoasida 10 ochko ortda qolishiga olib keldi. Klopp jamoasi mazkur mag‘lubiyatdan keyin, ketma-ket uy uchrashuvlarida ochko yo‘qotib, antirekord qayd etishdi.

Boz ustiga, 9-fevral kuni Yurgen Klopp hayotida juda og‘ir kun bo‘ldi. Uning onasi Elizabeta Klopp 81 yoshida vafot etdi. Yaqin qarindoshidan ajralish, ustiga-ustak pandemiya sabab dafn marosimiga ham bora olmaslik vaziyatni yanada chigallashtirdi. Vaziyat shundan iboratki, Germaniyada qat’iy cheklovlar mavjudligi sabab, Buyuk Britaniyadan koronavirusning yangicha turi topilganligi uchun bu davlatlar o‘rtasida aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgan. Bunday cheklovlar Yevropaning boshqa qismlarida ham joriy etilgan, shu sabab YECHLning ba’zi uchrashuvlari Italiya, Vengriya va Polshaga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Yurgen otasidan 2000-yilda ayrilgan. O‘shanda murabbiy "Mayns" jamoasi futbolchisi sifatida to‘p tepardi. Norbet Klopp og‘ir xastalikdan so‘ng 66 yoshida vafot etgan. Klopp onasini so‘ngi marta tug‘ilgan kunida, 80 yoshga to‘lganida ko‘rgan. Ishi va pandemiya sabab bu ularning oxirgi uchrashuvi bo‘lib qoldi. Germaniyalik mutaxassis onasi vafot etgandan so‘ng, quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi: "Bu men uchun ko‘p narsani anglatadi. Men dunyodagi eng yaqin insonimdan ajraldim. Ushbu holatga ko‘nikishim juda qiyin kechmoqda. Men dindorman va onamni haqiqiy dunyoga ketganini bilaman. Pandemiya sabab dafn marosimida qatnasha olmadim, imkon paydo bo‘lishi bilan vatanimga uchib boraman va xotirasi uchun hamma narsani qilaman".

Jamoa a’zolari ham chetda qarab turmadi va murabbiyini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali, "qizillar"ning mashhur shiori, klub madhiyasining nomi - "You’ll Never Walk Alone " nomli hesh-teglar qoldirishdi. Qo‘shiq azaldan har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlashning ramzi bo‘lib kelgan. U o‘tgan asrning o‘rtalarida juda mashhur bo‘lgan. Uning eng taniqli ijrochisi Jerri Marsden ushbu qo‘shiq haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: "Bu qo‘shiqni ijro etganimdan so‘ng, menga dunyoning turli hududlaridan minnatdorchilik xatlari kelgan. Qo‘shiq to‘ylarda, dafn marosimlarida ham yangragan".

Kloppni muxlislar va ko‘pgina klublar ham qo‘llab-quvvatlashdi, ular orasida "Liverpul"ning asosiy raqibi bo‘lgan "Manchester Yunayted" ham bor edi: "MYU" o‘z tvitter sahifasida "Yurgen, sen va oila a’zolaringga chuqur hamdardlik bildiramiz", deb yozib qoldirdi.

Biz ham Yurgen Kloppga hamdardlik bildirgan holda, uning hayotidagi qora dog‘lar ketib, o‘rnini faqat xursandchilik egallashini tilab qolamiz.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:45, 12.02.2021.
O'qildi: 6481 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик