Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor Shomurodov: «Osiyo klublarida faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi»

Eldor Shomurodov: «Osiyo klublarida faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov nima sababdan Yevropaga ketganini aytdi.

"Agar Osiyoda qolganimda faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi. Ammo men futbolchi sifatida rivojlanishni istadim. Shuning uchun har doim bu yerga kelish va Yevropa futboli nimaligini bilishni xohlaganman. Yevropa futboli nimasi bilan farq qiladi? Professionallik, tezlik va asosiysi, bu yerda har bir o‘yinchi o‘zini haqiqiy futbolchi sifatida his qiladi", — dedi Eldor Shomurodov, futbolchi

Shuningdek, Shomurodov «Jenoa»da «Rostov»dagiga qaraganda ko‘proq maosh olishini aytdi. Eldor bilan hamkorlik qiladigan ProSports Management kompaniyasi direktori German Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra 25 yoshli futbolchi genuyaliklar safida rus klubidagidan 5-6 baravar ko‘proq maosh oladi.

2020 yilning noyabr oyida Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri Eldor Shomurodovning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil etishini ma’lum qilgandi. Genuyaliklar klubida faqat Milan Badel (1,4 million yevro) Eldordan ko‘proq maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilgi yozgi transfer oynasida «Rostov»dan genuyaliklar safiga yo‘l oldi. Eldor «Jenoa» safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:11, 19.02.2021.
O'qildi: 5744 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.