Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mahmud Murodov: «Floyd Meyvezerni O‘zbekistonga olib kelamiz»

Mahmud Murodov: «Floyd Meyvezerni O‘zbekistonga olib kelamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (26-5) boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Floyd Meyvezerdan nimani o‘rgandim? Ko‘p narsani, biznesni! U aslida Instagram yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringani kabi emas, u hayotda butkul boshqacha.

Nasib qilsa, O‘zbekistondagi Humo Arena’da katta musobaqa o‘tkazsak, Meyvezer va ko‘plab boshqa chet ellik yulduzlarni olib kelamiz. Meyvezerga O‘zbekistonning mehmondo‘stligini ko‘rsatamiz, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga olib boramiz, albatta. Har bir shaharda o‘sha viloyatning palovi bilan mehmon qilamiz", — dedi Mahmud Murodov.

Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:21, 20.02.2021.
O'qildi: 3499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.