Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

WhoScored «Jenoa» — «Verona» uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi. Eldor Shomurodov genuyaliklar safida eng yaxshilardan biri bo‘ldi

WhoScored «Jenoa» — «Verona» uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi. Eldor Shomurodov genuyaliklar safida eng yaxshilardan biri bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 22-turi doirasida «Verona»ga qarshi kechgan 20 fevral kungi uchrashuvda (2:2) maydonga tushdi.

WhoScored portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 7,1 ballga baholagan. Bu genuyaliklar safida Milan Badeldan (8 ball) keyingi eng yaxshi natija bo‘ldi. Eldor uchrashuvning 46-daqiqasida maydonga tushdi va jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.

Shomurodov maydonda harakat qilgan 45 daqiqa davomida 24 marta to‘pga tegindi. Uning 15 uzatmasidan 10 tasi (67%) aniq chiqdi. 25 yoshli futbolchi maydonda 4 marta yakkakurashga kirishib, ularning uchtasida muvaffaqiyat qozondi.

SofaScore portali esa o‘zbekistonlik hujumchining o‘yinini 7,3 ballga loyiq ko‘rdi.

Shomurodov A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:15, 21.02.2021.
O'qildi: 7758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик