Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Abror Toshqo‘ziyev: «Muxlislar ishonchini oqlaymiz»

Abror Toshqo‘ziyev: «Muxlislar ishonchini oqlaymiz»

Baho:
+ | -1

Coca Cola Superligasining yangi mavsumiga qur’a tashlanganidan so‘ng “Metallurg”ning o‘tgan yilgi mavsumi birinchi goli muallifi Abror Toshqo‘ziyev bilan kichik musohaba uyushtirdik.

— Abror, mana yangi mavsumga qur’a tashlandi. Ilk turdagi raqiblar ma’lum. Birinchi uchrashuvni safarda “Surxon”ga qarshi o‘tkazamiz. Taassurotlar qanday?
— Qur’a jarayonini intizorlik bilan kutgandik. Chunki, qur’a amalda yangi mavsumni boshlab beradi-da: kimga qarshi, qachon o‘ynashing kerakligini bilib olasan. Bu yil ham ikki mavsum avvalgidek chempionatni “Surxon”ga qarshi boshlarkanmiz. Qur’a jarayonidayoq 2019 yilgi Termizda bo‘lib o‘tgan o‘yin yodimizga keldi. O‘shanda Superligada debyutini o‘tkazayotgan klubga qarshi ancha qiyin o‘yin bo‘lgandi. Maydon egalari tezkor gol kiritib, rejalarimizni chalkashtirib yuborgan, o‘yin oxiriga kelgandagina mag‘lubiyatdan qutilib qolgandik. Endi bu yil o‘sha xatolarni takrorlamaymiz. Ilk o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz va albatta muxlislarimizni xursand etamiz deb o‘ylayman.

— 2020 yilgi mavsumni ham safarda boshlagan edik va AGMK jamoasi darvozasiga kiritgan golingiz “Metallurg”ga bir ochko olib bergandi. Bu yil qanday bo‘ladi?
— Imkon berilsa, maydon tushsam, albatta o‘tgan yilgi muvaffaqiyatni takrorlashga harakat qilaman. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, biz doimo g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

— Muxlislarimiz sizning maydonga qaytishingizni kutishmoqda. Davolanish jarayoni yakunlandimi?
— Ha, Xudoga shukur, hammasi ortda qoldi. Jarrohlik amaliyoti ko‘ngildagidek bo‘ldi. Individual tarzda shug‘ullanishni boshladim. Yana bir haftalardan keyin jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qo‘shilaman. Umid qilamanki, chempionatning dastlabki uchrashuvlarigacha jismoniy formamni tiklab olaman.

— O‘tgan mavsum “Metallurg”ning asosiy tarkibi yettinchi o‘rinni egallagandi. Yoshlar jamoamiz esa mamlakat birinchiligining g‘olibi bo‘lishgandi. Bu yilgi rejalar qanday?
— “Metallurg” so‘nggi yillarda barqaror futbol namoyish etib, muxlislarimizni xursand etib kelmoqda. Ketma-ket ikki mavsum 5-o‘rinni egalladik. O‘tgan yilgi natijamizdan ham ishqibozlarimiz qanoatlanishdi, deb o‘ylayman. Bu yilgi maqsad va rejalarimiz avvalgi mavsumlardagi muvaffaqiyatni takrorlash, undan past natijani ko‘rsatmaslik bo‘ladi. Asosiy tarkib bir qator tajribali futbolchilar bilan kuchaytirildi. Rossiya terma jamoasida o‘ynagan Yevgeniy Makeev safimizga qo‘shildi. O‘zbekiston terma jamoasi hujum chizig‘ida to‘p surgan, sobiq jamoadoshimiz Shahzodbek Nurmatov qadrdon klubiga qaytdi. Yana bir hujumchi Ivan Nagayev ham o‘z vaqtida “Metallurg”da porlab, kuchli klublar e’tiboriga tushgandi. Muxlislarimiz tarkibimizda yana bir qator yangi nomlarni ko‘rishadi. Xullas, tayyorgarlik avjida. Chempionatning boshlanishini sabrsizlik bilan kutamiz. Yoshlar jamoamiz esa o‘tgan mavsum plankani juda yuqori ko‘tarishdi. Natijaga erishishdan, uni saqlab qolish qiyin deyishadi. Bu mavsum yoshlarimizga oson bo‘lmaydi. Ammo har qanday vazifani bajarish jamoaning o‘ziga bog‘liq.

— Abror, biz ham muxlislar nomidan sizning tezroq safga qaytishingizni tilab qolamiz. “Metallurg” esa yangi mavsumda ham grand jamoalarning “kushandasi”ga aylanishini, hujumkor, mazmunli o‘yinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor bo‘lishini istaymiz.
— Rahmat, aytganingiz kelsin. Biz albatta Bekobod shahri ahlini, O‘zbekiston metallurgiya kombinati ishchi va xizmatchilarini, shuningdek, ko‘p ming sonli Toshkent viloyati futbol ishqibozlarini xursand etish yo‘lida bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz.

“Metallurg” matbuot xizmati

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:01, 21.02.2021.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.