Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

APL. Qoldirilgan uchrashuvda "Lids" "Sautgempton"ni ayab o‘tirmadi

APL. Qoldirilgan uchrashuvda "Lids" "Sautgempton"ni ayab o‘tirmadi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Lids» o‘z maydonida «Sautgempton» darvozasiga javobsiz uchta to‘p yullagan holda, yirik hisobda zafar quchdi.

Butun bahs hujumlar va xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘lim deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsada, darvozalar oldida golsiz sokinlik hukm surdi.

Ikkinchi taym boshida esa, maydon egalari hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Keyinchalik esa, uchrashuv oxirlarida "Sautgempton" darvozasi yana ikki marta ishg‘ol etildi.
Yakunda hisob 3:0.

Shu tariqa, «Lids» ochkolari sonini 35 taga yetkazib, o‘ninchi o‘ringa ko‘tarildi. 30 ochko jamg‘argan «Sautgempton» esa o‘n to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Lids – Sautgempton 3:0 (0:0, 3:0)
«Elland Roud»

Gollar: 1:0 – 47 Bemford, 2:0 – 78 Dallas, 3:0 – 84 Rafinya.

"Lids" – MelYE, Dallas, Lyorente, Eyling, Streyk, Klix (Alioski, 59), Xarrison (Elder Koshta, 46), Rafinya, Kuper, Roberts (Ernandes, 75), Bemford.

"Sautgempton" – Makkarti, Bednarek, Bertran, Salisu, Vestergor, Tella (Minamino, 58), Uord-Prouz, Romeu (Djenepo, 70), Armstrong, Redmond (Ingz, 58), Adams.

Ogohlantirishlar:
Vestergor (26), Djenepo (83), Rafinya (85).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:54, 24.02.2021.
O'qildi: 2424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик