Kecha «Roma» Yevropa Ligasi 1/16 final doirasida Portugaliyaning «Braga» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 23-daqiqasida rimliklarning bosniyalik futbolchisi Eden Jeko hisobni ochishga erishdi. Bu gol futbolchining rimliklar safidagi, xalqaro maydonda kiritgan 29-goli bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Jeko «Roma»ning klublar o‘rtasida kechadigan, Yevropa musobaqalardagi eng yaxshi to‘purariga ham aylanib oldi. U «Roma»ning afsonaviy futbolchisi Tottini ortda qoldirishga erishdi. Tottining «Roma» safidagi xalqaro maydonda kiritgan gollari 28ta edi.