Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Bunyodkor»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Bunyodkor»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi, «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev klubda bo‘lib, u yerda murabbiylar, futbolchilar va klubda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi. Bu haqda kun.uz xabar tarqatdi.

Uchrashuv avvalida klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev barchaga «Bunyodkor» klubida yangi ish boshlagan klub prezidentini tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, klub faoliyati va qilinayotgan ishlar, rejalashtirilgan vazifalar borasida hisobot berdi.

Klub prezidenti murabbiy va futbolchilar bilan shaxsan uchrashishdan asosiy maqsadi, so‘nggi to‘rt yilda jamoaning yutuqlarga erisha olmayotgani va moliyaviy qiyinchiliklar borasida muhokama qilish ekanini ta’kidladi.

Albatta, bu yil barchasi boshqacha bo‘lishi, ushbu futbol klubi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham g‘alabalarga erishishi uchun harakat qilishi kerakligini bildirdi.

Shundan so‘ng, klubda faoliyat olib borayotgan maslahatchi murabbiy Yuriy Sarkisyan, murabbiylar – Marat Miftaxutdinov, Viktor Karpenko o‘z fikrlarini bildirib, avvalo, klub prezidentining tashrif buyurib, yuzma-yuz uchrashgani, muammoli masalalarni muhokama qilganidan xursand ekanliklarini bildirib o‘tishdi.

Klub prezidenti jamoada nafaqat muammoli masalalar bartaraf etilishi, balki komplayens nazorat tizimi o‘rnatilishi hamda klub uchun ajratilgan mablag‘ nazorat qilinishi, futbolchilar rag‘batlantirilishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida ham qator ishlar qilinishini ma’lum qildi.

Jamoa sardori Lutfullo To‘rayev ham so‘z olib, aynan klub prezidentiga, sportchilar bilan uchrashgani va ularning fikri bilan qiziqayotgani, ularni tinglayotgani uchun jamoa a’zolari nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Futbolchilar, albatta, bildirilgan ishonchni oqlashlari va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Eng avvalo, murabbiylar ishiga aralashishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini, murabbiy har bir futbolchini o‘zi tanlashi va natijaga erishish shart ekani bildirildi.

Bundan tashqari, sport liboslari, yotoqxona va ovqatlanish, sportchilarni vitaminlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratildi.

Klub prezidenti qatnashgan yig‘ilishda yangi bosh murabbiy saylash masalasi ham ko‘tarildi. Kuzatuv kengashi a’zolari, futbolchilar va murabbiylarning bir ovozi bilan uzoq yillardan buyon jamoada faoliyat yuritgan Shuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib saylandi.

Bugundan boshlab Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» klubining bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni yangi mavsumda maydonga olib tushadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi, «Bunyodkor» klubi prezidenti yangi bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov o‘zbek futbolining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi, ajoyib futbolchi bo‘lgani hamda murabbiylikda ham o‘ziga xos o‘rnak bo‘lib ulgurganini ta’kidlab, unga ishonch bildirdi va oldinda turgan yangi mavsumda omad tiladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Manba: kun.uz
Kiritildi: 21:33, 03.03.2021.
O'qildi: 6850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.