Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

"PSJ" chorak finalda

"PSJ" chorak finalda

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi nimchorak javob uchrashuvlari doirasida "PSJ"  o‘z maydonida "Barselona"ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi duranga imzo chekdi. Birinchi uchrashuvdagi g‘alaba (4:1) evaziga parijliklarga chorak final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Uchrashuvning dastlaki daqiqalaridan hujumga o‘tgan kataloniyaliklar ketma-ket vaziyatlar yaratdi. Ammo Keylor Navasning seyvlari "PSJ"ni goldan saqlab qoldi. Ammo uchrashuvdagi dastlabki golni mezbonlar kiritishdi. 30-daqiqada Klemen Langle jarima maydoni ichida raqibiga qo‘pollik ishlatdi va hakam "Barsa" darvozasiga penalti belgiladi. Ushbu jarima to‘pidan Mbappe foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdiyu Lekin oradan bir qancha vaqtdan keyin "Barselona" hisobni tenglashtirishga erishdi. Messi tomonidan kiritilgan super gol, o‘yindagi muvozanatni tikladi. Qarama-qarshilikning qolgan daqiqalarida boshqa gol kiritilmadi va "PSJ" chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 

 

"PSJ" - "Barselona" 1:1

Gollar: Mbappe 30, Messi 37. 

"Park de Prens"

PSJ – Navas, Kimpembe, Kurzava (Diallo, 46), Markinyos, Florensi (Dagba, 77), Paredes, Verratti (Rafinya, 84), Guye (Danilu Pereyra, 59), Draksler (Di Mariya, 59), Ikardi, Mbappe.

"Barselona" – ter Stegen, Dest (Trinkau, 66), Alba, Mingesa (Firpo, 35), Langle, de Yong, Buskets (Moriba, 79), Pedri (Pyanich, 78), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Kurzava (8), Mingesa (25), Langle (30), de Yong (38), Guye (50), Paredes (50), Ikardi (89).

Kiritildi: 03:09, 11.03.2021.
O'qildi: 7768 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.