Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

5ta eng yaxshi ko‘rsatkich. Messi, Gerd Myuller va boshqalar...

5ta eng yaxshi ko‘rsatkich. Messi, Gerd Myuller va boshqalar...

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropaning nufuz jihatdan ajralib turuvchi 5ta chempionati barchamizga malum bo‘lsa kerak. Hozir kuchli beshlikning eng sermahsul futbolchilari bilan tanishtirib o‘tamiz.

XX asr o‘rtalarida faoliyat yuritgan italiyalik hujumchi Silvio Piola "A" Seriyada eng ko‘p gol o‘rgan futbolchi hisoblanadi. U Italiyaning "Yuventus", "Torino", "Lasio" va "Vercheli" kabi klublarida to‘p so‘rgan. Futbolchi ichki chempionat doirasida 274ta gol urgan va bu natijani hamon hech kim yangilay olmayapti.

Italiyalik yana bir futbolchi eng yaxshi to‘purar sifatida tarixda qolgan, faqat Fransiyada.  Delio Onnis Liga 1 tarixidagi eng yaxshi goleador hisoblanadi.  Mazkur futbolchi "Reyms", "Monako", "Tur" va "Tulun" jamoalarida to‘p surgan va 299 ta gol bilan raqobatchilaridan oldinda bormoqda.

Bundesligada  eng ko‘p gol urgan futbolchi Gerd Myuller sanaladi. Germaniyalik TSV 1861 va "Bavariya" klublaridagi faoliyati davomida 365ta urgan va u bu borada Germaniya chempionatida tengsiz.

Premyer-Liga tarixidagi eng yaxshi to‘parar bu Alan Shirer hisoblanadi. Afsonaviy futbolchi "Blekbern Rovers" va "Nyukasl Yunayted" safida to‘p surib, umumiy 260ta gol urgan. Shuningdek, angliyalik 3 marta APL oltin butsasi sohibi bo‘lgan (1995,1996,1997).

La Liga tarixida eng yaxshi to‘purar ham eng yaxshi assistent ham Lionel Messi. Biz uni bemalol bu musobaqaning qiroli desak bo‘ladi. Messi hozirgacha "Barselona" safida bu turnirda 462ta gol urdi va bu natija hali ko‘payishi extimoli katta. Bu borada unga yaqin vaqtlar ichida yaqinlashib olish imkoniyati esa juda past. Chunki eng yaqin ta’qibchisi Ronaldu 311 ta gol urgan va u hozir "A" Seriyada harakat qilmoqda.

Xudayqulov KARIM.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:32, 12.03.2021.
O'qildi: 6035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.