Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas
22/10 15:00 Kvangju 3-1 Johor Dorul Ta'zim
22/10 15:00 Shangxay Port 3-2 Sentrel Kost
22/10 17:00 Buriram Yunayted 1-0 Poxang Stilers
22/10 17:00 Shandong Taishan 2-2 Yokogama Marinos
22/10 19:00 Istiqlol Dushanbe 0-1 Al-Vihdat
22/10 19:00 Sharja 3-1 Sepohon
22/10 21:00 Istiqlol 0-1 An-Nasr (SA)
22/10 21:00 Al-G‘arafa 1-2 Al-Vasl
22/10 21:45 Milan 3-1 Bryugge
22/10 21:45 Monako 5-1 Srvena Zvezda
22/10 23:59 Arsenal 1-0 Shaxtyor
22/10 23:59 Aston Villa 2-0 Bolonya
22/10 23:59 Jirona 2-0 Slovan
22/10 23:59 Yuventus 0-1 Shtutgart
22/10 23:59 PSJ 1-1 PSV
22/10 23:59 Real Madrid 5-2 Borussiya D
22/10 23:59 Shturm 0-2 Sporting
23/10 15:00 Ulsan Xyonde 0-2 Vissel Kobe
23/10 15:00 Sanfrechche Xirosima 2-1 Sidney
23/10 17:00 Shanghai Shenhua 2-0 Kavasaki Frontale
23/10 17:00 Muangtong Yunayted 2-2 Sebu
23/10 17:00 Selangor 2-1 Chonbuk Motors
23/10 19:00 Ravshan 1-3 Traktor
23/10 21:00 Al-Hussayn 0-0 Nasaf
23/10 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Kuvayt SK
23/10 21:45 Atalanta - Seltik
23/10 21:45 Brest - Bayer
23/10 23:00 Al-Quva al-Javiya - Xolidiya
23/10 23:00 At-Ta'vun - Oltin Asr
23/10 23:59 Atletiko - Lill
23/10 23:59 Yang Boyz - Inter
23/10 23:59 Barselona - Bavariya
23/10 23:59 Manchester Siti - Sparta
23/10 23:59 RB Leypsig - Liverpul
23/10 23:59 Zalsburg - Dinamo Zagreb
23/10 23:59 Benfika - Feyenoord

APL. Londoncha derbi. "Arsenal" Emereytsda "Tottenxem"ni qabul qiladi

APL. Londoncha derbi. "Arsenal" Emereytsda "Tottenxem"ni qabul qiladi

Baho:
+ | -

Bugun kechga, aniqrog‘i Toshkent vaqti bilan 21:30da Angliya Premer Ligasi 28 turi doirasidagi "Arsenal" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli bahsga guvoh bo‘lamiz. "Shimoliy London derbisi" maqomi ostida o‘tadigan uchrashuv atrofidagi yangiliklar, yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz. "Tottenxem" APL doirasidagi ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi va kuchli to‘rtlikka kirish uchun harakat qilmoqda. Uchta g‘alabali uchrashuvda "shporlar" 9 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, bir marta to‘p o‘tkazib yuborishdi. Hozirda Mourinyo shogirdlarini to‘rtinchi o‘rindagi "Chelsi"dan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan holda, olti ochko ortda qolmoqda. Kechagi uchrashuvlarda "shporlar"dan yuqoridagi jamoalarning ochko yo‘qotganini hisobga olsak, bugungi uchrashuvidagi g‘alaba Joze shogirdlariga yuqoriga ko‘tarilib olishiga imkon berishi mumkin.


"Arsenal"ning joriy mavsumda ishlari yaxshi emas, jamoa ketma-ket uchrashuvlarda ochko yo‘qotishmoqda. "Kanonirlar" Angliya Premer ligasi turnir jadvalida markazga joylashgan. Agar, bugun "Tottenxem" ustidan g‘alaba qozonishni uddalashsa ham, bu turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilishiga imkon bermaydi. Mikel Arteta jamoasi so‘ngo 7 uchrashuvnin, atigi ikkitasida g‘alabani qo‘lga kiritishganian ham, jamoaning bu yilgi ishlari yaxshi emasligini ko‘rsatadi.

"Arsenal"


"To‘pchilar" joriy mavsumda yaxshi o‘yinlar namoyish eta olmayapti. Misol uchun, o‘tgan turda ham "Byornli" maydoniga safar uyushtirgan "Arsenal" durang natija bilan ortga qaytishdi. Uchrashuvni ancha yaxshi boshlagan londonliklar 6-daqiqaga kelib, gol urishni uddalashdi. Ammo "kanonirlar" a’zolarining bir-birini tushunmasligi natijasida "Byornli" hisobni tenglashtirishga erishdi. Natijada London jamoasi yana ochko yo‘qotishdi. Lekin Arteta va uning jamoasi Yevropa Ligasida ancha yaxshi qatnashmoqda. Hafta o‘rtasida "to‘pchilar" "Olimpiakos" ustidan safarda g‘alaba qozonishdi (3:1). Mikel Arteta javob uchrashuvidan oldin, ustunlikka va hattoki mehmonda g‘alaba qozonganiga qaramay, o‘z futbolchilariga nisbatan bir nechta e’tirozlarini bildirdi.
"Arsenal"ning transfer siyosati muntazam ravishda savollar tug‘diradi. Chunki yangi kelganlar har doim ham kutilgan natijani berishmaydi. O‘tgan yilning noyabr oyidan 2021 yilning fevraligacha "kanonirlar" tarkibida foydali ishlarni amalga oshira olmadi. Villian maydonga tushgan uchrashuvlarida juda kam samarali harakatlar ko‘rsatishiga qaramay, Arteta tajribali braziliyalik futbolchini qo‘yib yuborishni xohlamadi. Ispan murabbiyi Villianga o‘jarlik bilan ishonib, nimanidir bilar edi. Braziliyalik ham hozirda "Arsenal"ga yordam berishni boshladi. 32 yoshli futbolchi ketma-ket to‘rtta o‘yinga assistentlik qildi. Agar u kelajakda jamoaning o‘yiniga sifat jihatidan ta’sir ko‘rsatishni davom ettirsa, u oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qilishi mumkin. "Arsenal"ning transferlar ro‘yxatidagi yana bir o‘yinchiga savollar bor. Norvegiyalik Edegor APL chempionatida oltita uchrashuv o‘tkazdi, shularning to‘rttasida u 40+ daqiqa harakat qildi, hech birida samarali natijalarni qayd etmadi.
Xuddi shu narsa Yevropa Ligasi 1/16 final doirasidagi "Benfika" bilan kechgan uchrashuvlarda ham sodir bo‘ldi. Edegor 90 daqiqadan iborat ikkita o‘yin o‘tkazdi, ammo norvegiyalik hech birida na gol urdi, na golli pas berdi. Ammo bu holat "Olimpiakos"ga qarshi uchrashuvda yakuniga yetdi. Edegor yunonlar bilan o‘yinda "kanonirlar"ning sakkizta yo‘llagan zarbasida qatnashdi. Shu zarbalarning 4 martasini, aynan norvegiyalik futbolchi gresiyaliklar darvozasiga yo‘lladi va bir marta gol urishni ham uddaladi. Xo‘sh, bugun Villian va Edegorning samarali harakatlarini "Tottenxem"ga qqarshi uchrashuvda ham kuzatamizmi?

 

"Tottenxem"

"Tottenxem"ning oxirgi uchrashuvlardagi g‘alabali seriyasi Garet Beylning uzoq kutilgan qaytishi bilan bog‘liq. UYElslik futbolchi o‘zining ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatishni boshladi. Hozirda Son, Keyn, Beyl uchligi super holatda turibdi. Harri Keynning ham o‘yini avvalgi holiga qaytdi. Angliyalik hujumchi 20-dan 25-turga qadar bitta gol urgandi, shu bilan birga to‘pig‘idagi jarohat tufayli ikkita uchrashuv o‘tkazib yuborildi.
Keyin boshlandi hammasi boshlandi - Keyn "Byornli" darvozasiga bitta gol urdi, "Fulxem" bilan o‘yinda unchalik o‘yini chiqmagan bo‘lsa, "Kristal Pelas" bilan uchrashuvda butunlay boshqacha o‘yin ko‘rsatdi (dubl + ikkita golli pas). Keynning bu samarali harakatlari Yevropa Ligasida ham davom etdi. Angliyalik futbolchi Zagrebning "Dinamo"siga qarshi ikkita golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Hujumchi xorvatlarga qarshi o‘yinni oxirgi daqiqalargacha davom ettira olmadi, sababi Harri jarohat oldi. Bugungi "Arsenal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor. Agar, Keyn maydonga tushmasa, bu jamoaga ruhan zarba bo‘lishi mumkin.
"Tottenxem" nafaqat hujumda, balki himoyada ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatmoqda. "Shporlar" Yevropa Ligasi doirasidagi 4 uchrashuvdan beri ketma-ket g‘alaba qozonmoqda. Ushbu uchrashuvlarada 12 gol kiritishni uddalagan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 1 marta to‘p olib chiqdi. APLdagi so‘ngi 3 uchrashuvdagi natija ham yomon emas - 9:1. Joze Mourinyo shogirdlari gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha o‘zidan yuqorida joylashgan "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi jamoalaridan yomon natija qayd etishgan. "Tottenxem" a’zolari 27 bahsda maydonga tushib, 28 marta darvozasidan to‘p olib chiqishgan.
Himoyaning yaxshi o‘yin namoyish etishi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda qo‘l kelishi mumkin. "Tottenxem" "to‘pchilar"ga qarshi so‘nggi beshta uchrashuvidan beri mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Oxirgi marta 2018-yilda "Emireyts"da kechgan "Shimoliy London derbisi"da "Arsenal" "Shporlar ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Ehtimoliy tarkiblar.


"Arsenal" (4-2-3-1): Leno, Belyerin, Luis, Gabriel, Tirni, Jaka, Parti, Saka, Edegor, Villian, Obameyang.

Mikel Artetaning futbochilar tanlovi keng, sababi hozirda "Arsenal"ning hech qaysi o‘yinchisida jarohat bilan bog‘liq muammo yo‘q. Shuning uchun ham ispaniyalik mutaxasisi odatdagi tarkibga ishonch bildirsa kerak. Jamoa ko‘pincha 4-2-3-1 sxemasidan foydalanib kelmoqda. Bugun ham katta ehtimol bilan "Arsenal" dastlabki daqiqalarni shu ko‘rinishda boshlasa kerak.


"Tottenxem" (4-2-3-1): Lyoris, OrYE, Sanches, Alderveyrild, Regilon, Ndombele, Xeybyerg, Son, Moura, Beyl, Keyn.

Ko‘pchilik Keynning maydonga tushishiga shubha qilmoqda. Ammo Harri katta ehtimol bilan maydonga tushadi. Sababi, "shporlar" hozirada Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun harakat qilmoqda va har bir yo‘qotilgan ochko, jamoani bundan uzoqlashtiradi. Shuning uchun bugun faqatgina "Tottenxem"ni g‘alaba qanoatlantiradi. Joze ko‘p hollarda 4-3-3 sxemadan foydalanib keladi, ammo bugungi tayanch yarim himoyani biroz kuchaytirish kerak, sababi "Arsenal"da ijrochilar ko‘p. Shuning uchun ham, Mourinyo 4-2-3-1 taktik sxemadan foydalansa kerak.


Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, odatda "Arsenal" va "Tottenxem" uchrashuvi doimo muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan. "Shimoliy London derbisi" nomi ostida kechadigan bahs muxlislarning sevimli derbisidan biri hisoblanadi. Mazkur qiziqarli bahs, bugun kechki payt soat 21:30da boshlanadi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:56, 14.03.2021.
O'qildi: 2276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.