Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mikael Sekeyra: “Oldinga intilishda davom etamiz”

Mikael Sekeyra: “Oldinga intilishda davom etamiz”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Mezbonlar ustozi o‘z so‘zini  o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshlab, jumladan, shunday dedi:  

— O‘yin oson o‘tmadi. VAR bilan bog‘liq to‘xtalishlar hisobiga o‘yinimiz yaxshi chiqmadi. Jamoamizdagi futbolchilar ham qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. Maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Nima ham derdim, “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

Shundan so‘ng, Mikael Sekeyra OAV xodimlarining savollariga javob berdi.   

— “Lokomotiv” ikkita turdan buyon yaxshi o‘ynab, mag‘lubiyatga uchramoqda. Jamoada ichki muhit qanday? Navbatdagi o‘yinlarda g‘alabaga umid qilsa bo‘ladimi?
— Ikkita o‘yinda ham shogirdlarim yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Ayrim vaziyatlardagi to‘p yo‘qotishlar mag‘lubiyatga uchrashimizga sabab bo‘ldi. Keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Yigitlar berilgan vazifani bajarishdi. To‘g‘ri, mag‘lub bo‘ldik, bunga men javobgarman. Oldinga intilishda davom etamiz.

— Yuqorida o‘yinchilarda ayb yo‘qligi, barcha ko‘rsatmalaringizni to‘liq bajarishgani haqida aytdingiz. “Navbahor”ning g‘alaba golini zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar yuzaga keltirishganini hisobga olsak, bugun Viktor Jalilovga taktik tomonlama yutqazganingizni tan olasizmi?
— Bu yerda o‘yinlar, jarayon boshqacha ekanligiga guvoh bo‘ldim. Buni ikki oy ichida o‘zgartirib bo‘lmaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:03, 15.03.2021.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.