Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 3-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 0-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Ronaldu Pelega tegishli jahon rekordini yangilaganini e’lon qildi

Ronaldu Pelega tegishli jahon rekordini yangilaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol afsonasi Pelega tegishli rekordni yangilab, futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanganini e’lon qildi.

«So‘nggi bir necha hafta davomida men Pelening rekordini yangilagan holda futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanganim haqida xabarlar va statistikalar tarqatildi.

Mazkur e’tirof uchun minnatdorman. Endi esa nima uchun men ushbu rekordni tan olmasdan kelganimni tushuntirib bermoqchiman.

Men hamisha janob Edson Arantis du Nasimentoga hayratlanib kelganman. U XX asr o‘rtalarida San-Paulu shtati terma jamoasida 9ta, harbiy jamoa safida bitta to‘p kiritganini ham qo‘shib hisoblaganda, jami 767ta gol urgani Pelega nisbatan hurmat uyg‘otgan.

O‘sha zamonlardan beri jahon o‘zgardi, futbol ham o‘zgarmoqda. Ammo biz o‘z manfaatlarimiz yo‘lida tarixni o‘chirib yubora olmaymiz.

Bugun rasmiy o‘yinlarda faoliyatimdagi gollarim sonini 770taga yetkazgan paytimda, birinchi navbatda Pelega murojaat qilmoqchiman. Pelening o‘yinlari, gollari va natijalari haqida hikoyalarni eshitmagan futbolchi bo‘lmasa kerak. Men ham bunday mustasno emasman. Shu bois, men quvonch va faxr tuyg‘usini his qilyapman. Madeyrada yashayotganimda gollar urib, Pelening rekordini yangilash haqida orzu qila olmaganman.

Ushbu ajoyib sayohatda menga hamroq bo‘lgan barchaga rahmat aytaman. Jamoadoshlarim, raqiblari, butun jahon bo‘ylab fanatlarim va eng avvalo, oilamga, yaqin do‘stlarimga aytmoqchimanki, menga ishoning: sizsiz men bu natijaga erisha olmagan bo‘lardim.

Endi men keyingi o‘yinlar, keyingi sinovlar, navbatdagi rekordlar va sovrinlarni kutib yashayman. Ishoning, hali bu tarix tugagani yo‘q.

Kelajak oldinda, «Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hali ko‘p g‘alabalarga erishishi kerak! Ushbu sayohatda menga hamroq bo‘ling! Olg‘a!» – deya yozdi Ronaldu instagram orqali.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:50, 15.03.2021.
O'qildi: 12082 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.