Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Sulsher: Asosiysi, "Vest Xem"ga qarshi hujumda imkoniyat bermadik.

Sulsher: Asosiysi, "Vest Xem"ga qarshi hujumda imkoniyat bermadik.

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Ole-Gunnar Sulsher "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:0), o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: "Kutilganidek, "Vest Xem"ga qarshi uchrashuv juda qiyin kechdi. Biz uchrashuv yakunigacha yana gol urishimiz mumkin edi, ammo omad bugun biz tomonda bo‘lmadi. Asosiysi, ularga qarshi hujumda imkoniyat bermadik. Dastlabki 15 daqiqada biz hujum qilishga qiynaldik, sababi raqib bunga unchalik imkoniyat bermadi. Keyinchalik o‘zimizning o‘yinimizni yana yo‘lga qo‘ydik va xavfli vaziyatlarni yaratishni boshladik. 2 yoki 3 vaziyatda gol urishimiz mumkin edi, ammo aniq pas, yo yakuniy zarba yetishmadi. Bizni muhim hafta kutmoqda - Yevropa Ligasi va Angliya kubogi. Shuning uchun bugungi g‘alaba bizga muhim kayfiyat taqdim etadi", deydi "Manchester Yunayted" ustozi.

Kiritildi: 09:59, 15.03.2021.
O'qildi: 2690 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик