Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Aziz Haydarov: «OFKda biz bilan oz bo‘lsa-da hisoblashishmadi»

Aziz Haydarov: «OFKda biz bilan oz bo‘lsa-da hisoblashishmadi»

Baho:
+ | -

2022 yil Qatarda o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichida keyingi raundga o‘tish imkoniyatimiz bor, biroq bu imkoniyat guruhdagi asosiy raqibimiznikidan ko‘p emas. Har bir o‘yin va har bir ochko biz uchun juda ahamiyatli. Biror o‘yinda ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q.

Bu o‘rinda esa pandemiya bizga pand berdi – qo‘shimcha noqulaylik tug‘dirdi. Xo‘sh, nima uchun JCH-2022 va OCH-2023 guruh bosqichi so‘nggi o‘yinlari aynan Saudiya Arabistonida o‘tadigan bo‘ldi? O‘zbekiston milliy jamoasining asosiy raqibi uyida, boz ustiga biz uchun o‘ta noqulay iqlim sharoitida o‘ynashga majbur bo‘lganimiz sababi nima? O‘FA turnir mezbonligiga da’vogarlik qilmaganmidi? Kun.uz va Tribuna.uz muxbiri bu savollar bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Terma jamoalar markazi rahbari Aziz Haydarovga murojaat qildi.

 «Nima uchun asosiy raqibimiz maydonida o‘ynashimiz kerak?»

- Bizga OFK tomonidan dedlayn qo‘yildi. Videokonferensiya aloqasi orqali ilk bor qatnashdim. Ko‘rinib qoldiki, u yerda barcha Saudiya Arabistoniga yon bosdi. Avvalo, tartib bo‘yicha kelayotgan navbatdagi o‘yin – Yamanga qarshi matchni Saudiya Arabistonida o‘ynaysizlar, deyishdi. Bunga e’tiroz bildirdim. Nima uchun biz asosiy raqibimiz maydonida o‘ynashimiz kerak? Nima uchun Bahrayn yo boshqa neytral mamlakatda emas? Bu kimningdir manfaatini o‘ylab qilinmayaptimi? Ular esa «shoshmang, bu savolga hali kelamiz. Yaman – mezbon, u istagan maydonda qabul qiladi», deyishdi.

Xo‘p, neytral maydon, ammo guruhdagi asosiy raqibimiz maydonida emas-da! Ular aytishdi: «tanlash imkoniyati Yamanda, Saudiya Arabistoni ularning barcha xarajatlarini qoplayapti, ular shuni ma’qul topishdi». Keyin biz «muammo yo‘q, u holda biz shu o‘yinni Toshkentda o‘tkazaylik, xarajatlarni qoplaymiz», dedik. Saudiya Arabistoniga borib o‘ynamasligimizni bildirdik.

«Mezbonlikning xarajati katta bo‘lsa-da, biz bunga rozi edik»

- Bilsangiz, OFKda ko‘pgina xodimlar Saudiya Arabistonidan. Saudiya OFKga ko‘p holatlarda homiylik qiladi. Biz markazlashgan turnirni o‘tkazish masalasiga to‘xtaldik. Umid qildikki, ana shu holatda imkoniyatimiz bo‘ladi va turnirni O‘zbekistonga olib kelamiz. OFKga Yaman va Singapurni o‘z uyimizda qabul qilishga tayyormiz, deya xat yo‘lladik. Ammo rad javobini oldik. Singapurdagi karantin holatini ro‘kach qilishdi. Shuncha bahonalar qilib, turnir endi Saudiyada o‘tarmish. Qani ular aytgan pandemiya? Qani karantin? Nega Saudiyaga kelganda bunga amal qilinmayapti-yu, bizga kelganda esa ruxsat yo‘q.

Markazlashgan turnirni qabul qilishga O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tayyor edi. Yig‘ilishda OFK bu haqda ma’lum qildi. Mezbonlikning shartlari qabul qiluvchi mamlakat ishtirokchilarning barcha xarajatlarini qoplashi lozim. Aviachiptalardan boshlab, mehmonxonadagi yashashigacha hammasini. Garchi xarajat katta bo‘lsa-da, biz bunga rozi edik. Chunki bizga jahon chempionatiga yo‘llanma kerak. Birinchidan, muxlislar katta futbol tomosha qilishadi, ikkinchidan, translyasiyalarni sotish orqali xarajatlarimizni ozmi-ko‘pmi qoplash mumkin edi. Bilasiz, translyasiya huquqi mezbon mamlakatga beriladi.

«OFKda biz bilan oz bo‘lsa-da hisoblashishmadi»

- OFK qo‘mitasi bu borada yana yig‘ilamiz, degandi. Ammo keyinroq ular Musobaqalarni o‘tkazish bo‘limining 7 nafar mutaxassisi bilan bizni ishtirokimizsiz bu ishni ko‘rib chiqishlarini aytishdi. Ularning 6 nafari Saudiya Arabistoni nomzodiga ovoz berdi, bir nafari O‘zbekistonga. Shunaqa bo‘lishi tabiiy edi, axir bu bo‘limdagi 5 nafar mutaxassis saudiyalik. Bizda yutib chiqishga imkoniyat yo‘q edi. Biz OFKga yo‘llagan maktublarimizda o‘sha turnir o‘tadigan vaqtda Saudiya Arabistoni va O‘zbekistondagi ob-havo sharoitini ham keltirib o‘tgandik. Shuningdek, turnirda o‘ynaydigan jamoalarga o‘z o‘yinlaridagi translyasiya huquqlari, maydon chekkasidagi bannerlarga o‘z reklamasini joylashtirish huquqini ham berishga tayyor edik. Lekin OFK biz bilan oz bo‘lsa-da hisoblashishmadi.

«OCHL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik, «Paxtakor» bunga tayyor emasligini aytdi»

- Rostini aytganda, Saudiya iqtisodiy baquvvat mamlakat. OFKning ko‘p turnirlariga va boshqa ishlariga yordam beradi, shuning uchun OFK ular tomon peshvoz chiqdi, xayrixohlik bildirdi. Masalan, OCHLning uchta guruh o‘yinlarini Saudiya qabul qiladigan bo‘ldi. Bu ham OFKga yordam. Biz ham OCHL o‘yinlarini o‘tkazishni so‘ragandik. Avvalo, «Paxtakor»dan so‘radik. Klub bunga tayyor emasligini aytdi. Stadionni ta’mir qilishga imkoniyati yo‘qligini bildirdi. «Paxtakor» o‘ynaydigan guruh o‘yinlari shu yerda o‘tardi.

Biz endi keyingi yillarda turli turnirlarni o‘zimizda o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Bu yil esa OCHLning sharqiy mintaqasidagi ikki guruh o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazishga da’vogarlik qilyapmiz. Bundan O‘FAga moliyaviy foyda bor. OFK mablag‘ bilan ta’minlaydi. Ikki guruhni qabul qilsak, chamasi har bir guruh uchun 150 mingdan, umumiy 300 ming AQSH dollari foyda qilishimiz mumkin. Ikkitagina stadion yetarli. Klublarga mashg‘ulot maydonlari topish ham qiyin emas. Bu borada bizga raqobatchilar deyarli yo‘q. Agar yana o‘sha Saudiya qo‘shilib qolmasa, biz kam deganda bitta guruh o‘yinlarini shu yerda o‘tkazishga imkoniyatimiz bor.

Yana bir tomoni O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi masalasida biroz xavotirlar paydo bo‘lyapti, karantin choralari qaytishi mumkinligi, cheklovlar bo‘lishi ehtimoli borligi haqida o‘zingiz ham eshityapsiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lib tursa, OCHL sharqiy mintaqa guruh bosqichi o‘yinlarini qabul qila olamiz. Nima uchun biz imkon qadar ko‘proq turnirlarni qabul qilishga da’vogarlik qilyapmiz? Chunki bu nafaqat moliyaviy manfaat, balki bu turnirni o‘tkazish biz uchun katta tajriba maktabi: ko‘ngillilar, xodimlar, umuman, barcha bunday turnirlar orqali musobaqalarni o‘tkazishda, qanday ishlash kerakligi borasida tajriba to‘playdi va bu bizga kelgusida kattaroq turnirlarni qabul qilishda asqotadi, - dedi Aziz Haydarov intervyuda.

Bobur Akmalov suhbatlashdi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 09:00, 18.03.2021.
O'qildi: 6668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.