Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Daniyel Chabrera: «O‘zbekistonda til masalasida qiynaldim»

Daniyel Chabrera: «O‘zbekistonda til masalasida qiynaldim»

Baho:
+ | -

Ispaniyalik murabbiy va darvozabonlar bilan ishlash bo‘yicha koordinator Daniyel Chabrera TheMag saytiga bergan intervyusida nega futbolchilik faoliyatini erta yakunlagani, qanday qilib O‘zbekistonga kelib qolgani va «Lokomotiv» murabbiyi bo‘lganligi, shuningdek, yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

- Futbolchilik va murabbiylik faoliyatingiz haqida so‘zlasangiz.

- Besh yoshimdan o‘zim tug‘ilgan Burriana shahridagi mahalliy «Los-Salezianos» maktab jamoasi uchun futbol o‘ynashni boshladim. 9 yoshimda «Vilyarreal» skautlari nazariga tushdim va 10 yoshimda ushbu futbol klubi tizimiga kirdim. 19 yoshimda klubning asosiy jamoasiga qo‘shildim: mashg‘ulot o‘tkazdim, ammo afsuski, rasmiy o‘yinlarda maydonga tusholmadim, chunki jamoa kamdan-kam hollarda asosiy darvozabonini almashtirardi. Joan Kapdevila, Markos Senna, Santi Kasorla kabi ajoyib futbolchilar bilan bir safda mashg‘ulotlarda qatnashganman. 21 yoshimda yelkam va belimdan jarohat olib, futbol o‘ynashdan mosuvo bo‘ldim. Darvozabonlarga murabbiylik qilishni 16-17 yoshimdayoq boshlaganman. Ertalab jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazardim, tushdan keyin esa akademiyada dars berardim. Bu jarayon 5 yil davom etdi. Shu sababli, o‘ynashni tugatgandan so‘ng, faoliyatimning davomi aniq edi - murabbiy bo‘ldim. 2018 yilda Hindiston yoshlar termasi bilan ishlashga taklif qilishdi. Keyin esa Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdim. «Al-Nasr» klubida ikki mavsum ishlab, mamlakat chempioni bo‘ldim va 2019 yilda Ispaniyaga qaytdim. Bir yil davomida «Real Madrid» klubining xalqaro bo‘limida ishladim. U yerda klub maktablari uchun dunyo bo‘ylab yangi joylar qidirardim, shuningdek, ularning ochilishini ham tashkil qildim.

- Qanday qilib Toshkentga kelib qoldingiz?

- Bu yerga mart oyida, chegara yopilishidan ikki hafta oldin, turmush o‘rtog‘imni ko‘rgani kelgandim. Keyin Yaponiyaga, undan keyin esa Ispaniyaga ketishim kerak edi, ammo karantin tufayli barcha sayohatlarimni bekor qilib, Toshkentda rafiqam bilan karantinni o‘tashga to‘g‘ri keldi.

- Yangi mamlakatda moslashish qiyin bo‘lmadimi?

- Bu borada klubdagi yigitlar yordam berishdi: Temur Kapadze, Ravshan Muqimov. Bundan tashqari, turli elchixonalarda ishlaydigan yaxshi insonlarni uchratdim. Men duch kelgan yagona qiyinchilik - til masalasi. Hamma supermarketlarda ham ingliz tilida gaplashavermaydi, ko‘pchilik taksi haydovchilari meni tushunishmaydi. Taksi haydovchisiga borishim kerak bo‘lgan joyni tushuntirish uchun ham bir nechta ruscha so‘zlarni o‘rgandim. Futbolda bunday muammolar yo‘q. Ko‘plab futbolchilar ingliz tilida gapirishadi, biz esa bir-birimizni mukammal tushunamiz. Bundan tashqari, klubimizda tarjimonimiz ham bor va «Lokomotiv» murabbiylari uchun ingliz tili kursini tashkil etdik.

- Kumiringiz bormi?

- Yoshligimdan Santyago Kanisaresning muxlisi bo‘lganman. Doim unga qoyil qolganman va u kabi ajoyib darvozabon bo‘lishni xohlardim. Keyinchalik u bilan uchrashish va uni do‘stim deb atash baxtiga muyassar bo‘ldim.

- Hayotingizdagi eng unutilmas voqeani aytib bering.

- 2006 yilning 25 aprelida «Vilyarreal» va «Arsenal» Chempionlar Ligasi yarim finalida to‘qnash kelishgandi. Men o‘sha bahsda bolboy edim va penalti belgilangan darvoza orqasida joylashgandim. Darvozada Yens Lemann turardi. To‘pga Xuan Roman Rikelme zarba berdi, ammo Lemann penaltini bartaraf etdi. Ertasi kuni ushbu lahzaning fotosuratlari ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi va men orqa fonda turib Rikelmening gol urishini iltijo qilib turardim. O‘sha uchrashuvdan ko‘p o‘tmay, ushbu fotosuratga imzo qo‘yib berishi uchun unga murojaat qildim. Yomon lahzani eslatganim uchun uzr so‘radim va bu bola men ekanligimni aytdim. Rikelme jilmayib dedi: «/alabalar juda muhim. Lekin qanday qilib qadr-qimmatini yo‘qotishni bilish ham juda ahamiyatlidir. Hayot sizga ko‘p kutilmagan hodisalarni taqdim etadi, hamma narsaga tayyor bo‘lishingiz kerak. Qiyin paytlarda ko‘proq o‘rganasiz». Bu so‘zlar umrim davomida xotiramda saqlanib qoldi va o‘ziga xos ko‘rsatma bo‘lib xizmat qildi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 19.03.2021.
O'qildi: 4912 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.