Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Hakim Fuzaylov: «Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasi ham so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi»

Hakim Fuzaylov: «Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasi ham so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi»

Baho:
+ | -

Pro liga 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Yangiyer» (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Eng avvalo, barcha «Dinamo» muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yindan oldin yigitlarga bu bahs ochilish uchrashuvi ekani, Pro ligada kuchsiz klub yo‘qligi haqida aytgandim. Mavsum boshida har bir bahs og‘ir o‘tishi, g‘alaba uchun oxirigacha kurashish shartligini bilardik. Futbolchilarimiz maydonda bir-birlarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlashdi, g‘alaba uchun bor kuchlarini safrlashdi. To‘pga imkonqadar egalik qilishga harakat qildik, raqib esa qarshi hujumda xavfli ekanini ko‘rsatdi. Hozirdan shunisi aniqki, Pro ligada hech kimga oson bo‘lmaydi, chunki jamoalar kuchi deyarli teng. Bitta biz emas, barcha klublar Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borsa kerak.

Tanaffusdan keyin hech qanday sehrli so‘z aytganim yo‘q, shunchaki jamoa o‘yinini kuchaytirish kerakligini tushuntirdim. O‘zgarishlar tufayli hujumkorligimiz oshdi. Tarkibimiz 90 foizga yangilangani bois, o‘yindan-o‘yingacha kuchayib borishimizga ishonaman.

Samarqandga jamoani Superligaga olib chiqish uchun kelganman. Ammo hali jamoamiz yangi, darhol kuchayib ketishimizni aytish qiyin. Har o‘yinda raqibdan kuchliroq o‘yin ko‘rsatsak, vaziyatlardan foydalana olsak o‘yindan-o‘yinga muhim ochkolarni yig‘a olamiz. Samarqanddek katta viloyat, ajoyib shahar va minglab muxlislari bor klub Superligaga chiqa olishi shart. Bugun ajoyib futbol atmosferasi ham so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi.

Superliga yo‘llanmasi uchun kimlar kurash olib boradi? Bu haqda gapirishga hali juda erta. Ha, bizning o‘yin turning so‘nggi o‘yini edi va biz boshqa jamoalarning o‘yinlarini TV orqali kuzatdik, biroq hali aniq kimnidir ko‘rsata olish qiyin. Chunki hozircha ko‘rinib turibdiki, barchada bir xil imkoniyat bor va Pro ligada yaqqol kuchli yoki kuchsiz klubning o‘zi yo‘q. Tengkuchli klublar ligasi.

Toshkentning «Lokomotiv» klubidagi faoliyatimdan keyin bugun O‘zbekistondagi ilk rasmiy o‘yinimni o‘tkazdim. O‘zbek futbolida o‘zgarishlar ko‘p va bu yaxshi tarafga. Superliga, O‘zbekiston Superkubogi va Pro liga o‘yinlarini kuzata turib, bemalol ayta olamanki O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida ijoyib o‘zgarishlar katta. Turnirlar saviyasi o‘sgani ko‘rinib turibdi», - deydi tojikistonlik mutaxassis.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:22, 24.03.2021.
O'qildi: 2792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.