Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mashhur futbolchilarning qimmat avtomobillari (fotomaqola)

Mashhur futbolchilarning qimmat avtomobillari (fotomaqola)

Baho:
+ | -1

Agar siz futbolchilar o‘rtasidagi raqobat, faqatgina maydonda kechadi deb o‘ylasangiz, demak juda ham yanglashasiz. Ular maydonni tark etgandan keyin, o‘z imidji, obro‘-e’tibor va hashamat bilan butunlay boshqacha jang boshlashadi. Gap futbolchilar o‘zlari uchun sotib oladigan mashinalar haqida ketmoqda. Biz bugun faqat uchta futbolchi haqida gaplashamiz, ammo qaysi futbolchilar?! Bular Neymar, Messi va Krishtianu Ronaldu.

Neymarning avtoparki


Neymar bizning "uchlik" futbolchilari orasida eng kamtarini hisoblanadi, chunki uning butun garaj narxi 1,5 million yevroni tashkil qiladi. Eng qimmat mashinasi  - Maserati MC12. Dunyoda atigi 55 ta shunday mashina bor va uning narxi bir million dollarni tashkil etadi. Uni Neymar avtoparkidagi eng qimmat transport vositasi deb hisoblash mumkin.

 

Ferrari 458 Spider  mashinasi ham Neymanrning avtokolleksiyani bezab turibdi. Siz uni taxminan 30 million dollarga sotib olishingiz mumkin. Kapoti ostida 570 ot kuchi bor. Bu avtomobil, atigi 3,4 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni oshirishga imkon beradi. Maksimal tezlik soatiga 320 kilometrni tashkil qiladi. Shunchaki ajoyib.

 

Yuqorida keltirilgan mashinalar Neymarning avtomobillari orasida eng qiziqarli modellar hisoblanadi, ammo oddiyroq ko‘rinishdagi superkarlarni ham braziliyalikning garajidan topish mumkin. Masalan Volvo XK60  va Mini Kooper C.  Futbolchi hashamat uchun qulaylikni qurbon qilmaydi, shuning uchun Neymar avtoparkni qulay transport vositalari bilan ham kengaytirdi.

 


Messining avtoparki


Agar dunyodagi eng qimmat avtomobillar haqida gapiradigan bo‘lsak, unda ulardan biri Lionel Messiga tegishlidir. Bu 1957 yildagi Ferrari 335 S Spider Scaglietti. Uni Leo 32 million yevroga sotib olgan. Ushbu mashina bunchalik qimmatligini sababi oddiy, ya’ni tarixiy avtomobil hisoblanadi.

 

Ammo Messi ushbu mashinasiz ham boshqa ko‘plab zamonaviy superkarlarga ega, masalan, Ferrari F430 Spider yoki Maserati GranTurismo S

 

Eng qimmat avtomobillardan biri - qiymati 2 million dollar bo‘lgan Pagana Zonda Roadster. Maksimal tezlik soatiga 300 kilometrdan oshib ketishi avtomobilning afzalliklaridan faqat bir qismidir. Asosiysi, u shunchaki ajoyib ko‘rinishga ega.

 

 


Ronalduning avtoparki


Aytishimiz mumkinki, Ronalduning avtoturargohining narxi juda ham qimmat. Chunki, Krishtianuning ko‘pgina avtoulovlari alohida uslubga ega, shuning uchun ular juda jozibali ko‘rinadi. Hozir Ronalduning parkida 20dan ortiq transport vositalari mavjud. Masalan, portugaliyalik yulduz Rolls-Royce Kullinan mashinassi bilan maqtana oladi. Rossiyada bunday mashinani 25 million rubldan sotib olish mumkin. Bu 6,7 litrli dvigatelga ega kuchli avtoulov hisolanadi.

 

Aytishimiz mumkinki, Ronaldu o‘z kolleksiyasini Lamborghini Aventador bilan ham bezatgan. Narxi 20 million dollardan boshlanadi. Bu atigi 2,9 soniyada soatiga 100 kilometrgacha tezlikni oshiradigan mashina. Shunchaki ajoyib.

 

Albatta, futbolchi Porche 911 Karrera S modelidan hech qachon voz kechmadi. Shuningdek, Ronalduning McLaren Senna ulovi ham alohida e’tiborga loyiqdir. Ayni paytda u sayyoradagi eng qimmat mashinalardan biri hisoblanadi.

Ko‘pincha Krishrianu Turin ko‘chalarida Bugatti Chiron da yuradi, uni taxminan 2,5 million yevroga sotib olish mumkin. 2021 yilda ham futbolchi o‘z kolleksiyasini Bugatti Voiture Noire  nomli yangi avtomobil bilan to‘ldirishi va uning narxi 11 million yevroni tashkil qilishi haqidagi ma’lumotlar allaqachon matbuoatda ma’lum.


Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Ushbu futbolchilarning barcha mashinalar haqida gapirib berishning iloji yo‘q, ammo bu sohada ham kurash jiddiy ekanligi sizlarga eslatib qo‘ymoqchimiz. Chunki, har bir sohada raqobat bo‘lsa o‘sish bo‘ladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:38, 25.03.2021.
O'qildi: 9798 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.