Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Nazardan chetda qolgan to‘rtovlon...

Nazardan chetda qolgan to‘rtovlon...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov mart oyidagi yig‘in uchun tarkibni e’lon qilgach, odatdagidek, turli e’tirozlar yuzaga keldi. E’tibor bersak, avvalgi yig‘inga jalb qilinganlar orasida katta farqni ko‘rishimiz mumkin. Albatta, nazardan chetda qolgan va chaqirilishi kutilgan boshqa nomlar ham bor. Shu bois, so‘nggi turlarda jamoasi safida faollik ko‘rsatayotgan futbolchilar o‘yinidan kelib chiqib, bu borada o‘z fikrlarimizni bildirishga qaror qildik.

Husniddin Aliqulov («Nasaf»)

Pozision jihatdan bexato o‘ynaydigan ushbu futbolchi 2020 yili Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida olimpiya termamiz ishtirokidagi uchrashuvlarda himoyamiz qalqoni bo‘ldi. Aksariyat hollarda u himoyadagi sheriklarining xatolarini yopdi, raqib hujumlarini bartaraf etishda katta hajmdagi ishni bajardi. Aliqulovning ajoyib o‘yinlarini nafaqat terma jamoa, balki «Nasaf» klubida ham davom ettirdi va muhim figuralardan biri sifatida gavdalanmoqda. «Ikkinchi qavat»da hujumlarni bartaraf etishda ham Aliqulov aksariyat hollarda raqiblaridan ustun keladi. Bunday himoyachi istalgan jamoani kuchaytira olishi mumkin. Abramov esa uni e’tibordan chetda qoldirdi. Balki Husniddinning o‘yini murabbiy uslubiga mos tushmas. Abramovga asosan tezkor va pas bilan o‘ynaydigan futbolchilar yoqadi. Shunga qaramay, ushbu futbolchi butunlay nazardan chetda qolib ketmadi va olimpiya termasidan taklif oldi.

Nurillo To‘xtasinov («Bunyodkor»)

Vadim Abramovni «Bunyodkor» klubi ishtirokidagi o‘yinlar payti stadionda uchratyapmiz. Aftidan, bo‘lajak yig‘inlarda terma jamoa o‘zagini aynan shu jamoa a’zolari tashkil qiladigandek. Mantiqan o‘ylab ko‘ring, 1-turda Qarshida «Nasaf» - «Paxtakor» o‘yini turganda, Vadim Karlenovich Toshkentda «Bunyodkor» - «Mash’al» uchrashuvini tomosha qildi. Kiyinish xonasi atrofida yurgani haqida ham xabarlar tar-qaldi. Lekin yig‘inga jalb qilingan futbolchilar orasida birgina Lutfulla To‘rayev bor edi, xolos. Agar Islom Qobilov va Sanjar Qodirqulov ham qolganida, «Bunyodkor»dan futbolchilar ko‘p bo‘lardi. «Qaldirg‘ochlar»da markaziy chiziqda Lutfulla To‘rayevdan ham boshqa futbolchilar to‘p suradi. «Bunyodkor»ning o‘tgan mavsumdagi g‘alabalarida jamoa yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinovning hissasi katta bo‘lgandi. Futbolchi bu yil ham yomon o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q. Uzoqdan yo‘llanadigan ajoyib zarbalar, nostandart qarorlarga ega To‘xtasinovning ham termaga chaqirilishi kutilgandi. Balki mazkur yig‘inda legionerlar chaqirilgani hisobiga To‘xtasinov jalb qilinmagandir?!

Quvondiq Ro‘ziyev («Navbahor»)

Hujumchi ortida ijodkor futbolchining yo‘qligi so‘nggi yig‘inlardagi o‘rtoqlik o‘yinlarida yaqqol sezilmoqda. Bu chiziqqa Quvondiq Ro‘ziyev yoki Jamshid Iskanderov mos, deyish mumkin. Quvondiq erkin futbolchi sifatida istagan jamoaga foyda keltira oladi. Buning isbotini Superliganing ikkinchi turida «Lokomotiv» bilan kechgan bahsda ham ko‘rdik. Lekin Abramov hozircha unga ishonch bildirayotgani yo‘q. Markazda, tayanchda tanlov imkoniyati keng. Lekin hujumchi ortida o‘ynaydigan futbolchini deyarli ko‘rmadik. Ushbu chiziqda, agarda mahalliylashtirilsa, Dragan Cheran ham katta samara keltira oladi. Lekin ayni payt Quvondiq eng munosib nomzod sanaladi.

Shohruz Norxonov («So‘g‘diyona»)

Texnik jihatdan tezkor hujumchi yangi mavsumni yaxshi boshladi. O‘tgan yili ma’lum vaqt jarohatini davolagan futbolchi yana o‘z sport formasiga qayt-di. Norxonovdagi kreativlik unga qanot va markazda erkin harakat qilish imkonini beradi. Shuningdek, ortga qaytgan holda jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlaydi. «So‘g‘diyona»da Jasur Hasanov va Shohruz Norxonov birgalikda ajoyib tandem hosil qilishmoqda.

Albatta, terma jamoaga kimnidir chaqirish yoki chaqirmaslik murabbiyning ishi, bu borada e’tirozimiz yo‘q. Yuqoridagi fikrlar esa Superliga so‘nggi turlarida jamoalar o‘yinlarini kuzatish asnosida paydo bo‘ldi, xolos.

A.ISKANDAROV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 29.03.2021.
O'qildi: 6267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик