Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

CIES 2021 yilning dastlabki 3 oyidagi eng yaxshi futbolchilarni e’lon qildi: Messi birinchi, Ronaldu beshinchi...

CIES 2021 yilning dastlabki 3 oyidagi eng yaxshi futbolchilarni e’lon qildi: Messi birinchi, Ronaldu beshinchi...

Baho:
+ | -

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) 2021 yilning dastlabki 3 oyi yakunlari bo‘yicha Yevropaning top-5 chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilarni baholadi.

Ishlab chiqilgan maxsus metodika yordamida ampluasidan qat’i nazar futbolchining foydalilik darajasini baholab chiqildi. CIES "kuchli beshlik"ning 98ta klubida o‘ynayotgan har bir o‘yinchini baholab chiqdi, ammo reytingga umumiy daqiqalarning kamida 60 foizida o‘ynagan futbolchilar kiritildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda eng yuqori pog‘onani egalladi. Argentinalik futbolchi uch oy davomida jami 998 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning foydalilik darajasi 92,5%ga teng bo‘ldi.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (1106 daqiqa) va «Chelsi» yarim himoyachisi Jorjinyo (799 daqiqa) egallashdi — 89,5%.

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash (1335 daqiqa, 89,4%) to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kuchli beshlikka kirdi (1191 daqiqa, natija – 89,3%).

CIES versiyasiga ko‘ra 2021 yilning dastlabki choragidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi (top-10):

1. Lionel Messi («Barselona») — 998 daqiqa, reyting – 92,5%;

2-3. Robert Levandovski («Bavariya») — 1106 daqiqa, reyting – 89,5%;

2-3. Jorjinyo («Chelsi») — 799 daqiqa, reyting – 89,5%;

4. Ruben Diash («Manchester Siti») — 1335 daqiqa, reyting – 89,4%;

5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 1191 daqiqa, reyting – 89,3%;

6-7. Nabil Fekir («Betis») – 892 daqiqa, reyting – 87,6;

6-7. Toni Kroos («Real») – 905 daqiqa, reyting – 87,6;

8. Andre Silva («Ayntraxt») – 1047 daqiqa, reyting – 87,4;

9. Lorenso Insinye («Napoli») – 1096 daqiqa, reyting – 87;

10. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 878 daqiqa, reyting – 86,4.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:21, 30.03.2021.
O'qildi: 5419 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик