Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Navbahor» – «Paxtakor» uchrashuvidagi tartibsizliklar yuzasidan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi qaror chiqardi

«Navbahor» – «Paxtakor» uchrashuvidagi tartibsizliklar yuzasidan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi qaror chiqardi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Superliga 5 turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» – «Paxtakor» uchrashuvida yuzaga kelgan tartibsizliklar masalasi ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaga taqdim etilgan ma’lumotlar, dalillar hamda video-yozuvlar natijasida uchrashuv davomida har ikki jamoaning ayrim rasmiy shaxslari texnik zonani bir necha marotaba tark etib, bosh hakamga qo‘pol tarzda e’tiroz bildirgani, uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam VAR monitoridan foydalanishi vaqtida uning ish faoliyatiga halal berilgani aniqlandi. Qolaversa, uchrashuvning so‘ngida «Navbahor» futbol klubi muxlislari uchrashuv rasmiy shaxslarini noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani, shuningdek, ular tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani, O‘zMTRKga tegishli ko‘chma televizion stansiyaga hujum qilingani va unga jiddiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavjud dalillar va ko‘rsatmalar atroflicha o‘rganib chiqilib, «Navbahor» – «Paxtakor» uchrashuvi vaqtida «Navbahor lochinlari» futbol klubi ishqibozlarini muxlislik madaniyatidan chetga chiqib, stadionga turli buyumlarni uloqtirgani, stadion va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, jamoa rasmiy shaxslari tomonidan stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani sababli O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Intizom kodeksining 5.4., 5.9-bandlariga muvofiq «Navbahor lochinlari» futbol klubiga nisbatan navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, «Navbahor lochinlari» futbol klubi Texnik direktori Mustafo Bayramov, darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani, jamoa ma’muri Abdurauf G‘ulomov uchrashuv yakunida raqib jamoa futbolchilari maydonni tark etayotgan vaqtda noprofessional tarzda ularni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun ularga nisbatan futbol klubi tomonidan ichki intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida «Navbahor lochinlari» futbol klubiga yozma taqdimnoma kiritildi.

O‘z o‘rnida, uchrashuv vaqtida «Paxtakor» futbol klubi rasmiy shaxslari tomonidan texnik zonani bir necha bor tark etib, stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlari sodir etilgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun «Paxtakor» futbol klubiga nisbatan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:18, 13.04.2021.
O'qildi: 5073 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.