"Milan" jamoasi o‘z himoyachisi Simon Kyerni ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnun va u bilana yangi shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda, deya xabar bermoqda "CalcioMercato" nashri.
32 yoshli futbolchining "rossonerilar" bilan amaldashi shartnomasi 2022-yilda o‘z yakuniga yetadi. Klub unga yana 2-3 yilga mo‘ljallangan bitim taklif qilish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, daniyalik futbolchi bu mavsum barcha musobaqalarda umumiy 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.