Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ro‘ziqul Berdiyev: "OFK kubogiga Superliga hamda kubok o‘yinlari orqali tayyorlanib boramiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: "OFK kubogiga Superliga hamda kubok o‘yinlari orqali tayyorlanib boramiz”

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Surxon" uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi bellashuv haqida o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.

"Avvalo muxlislarimizni ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsum startida ko‘p ochkolar yo‘qotgan edik. Ularning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak edi. O‘z o‘yinimizni o‘zgartirgan holda ochkolar to‘plashimiz talab etilardi. Buning uddasidan chiqmoqdamiz. Shu kayfiyat va tempda davom etishimiz kerak. Jamoamizning o‘yinini shakllantirishga va sifatida e’tibor qaratmoqdamiz. "Surxon" himoyadan o‘ynab qarshilik ko‘rsatishga urinishini bilar edik. Shuning uchun imkon qadar shoshilmasdan vaziyatlarimizni kutishimiz lozim edi. Birinchi golgacha raqib munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Shundan so‘ng ikkinchi bo‘limda o‘yin tubdan o‘zgarib ketdi. Ustunlik to‘liq tomonimizga o‘tdi",- deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Tanaffusda bergan ko‘rsatmalaringizni futbolchilar qay darajada bajara olishdi?

- Urib olgan gollarimiz bizga qo‘l keldi. Raqib ham oldinga o‘tishga intildi. Shuning uchun ularda bo‘sh hududlar paydo bo‘lishini, ulardan foydalanish kerakligini aytgandik. Buni amalda uddalay olishdi.

- Oybek Bozorovning holati qanday?

- Menimcha, bir haftalarda mashg‘ulotlarga qaytadi. Oybekning bugun ishtirok etmagani, Suhrob Nurulloyevda ham jarohat borligi sabab o‘yin sxemamizni ham o‘zgartirishga qaror qildik. Bunday sxemada ko‘p o‘yinlar o‘tkazganmiz. Chunki tarkibimiz katta emas. Yo‘qotishlar bo‘lganida futbolchilarning joylashuvini o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keladi.

- O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida asosiy favorit sifatida kimni ko‘rsata olasiz?

- O‘ylaymanki, uchta Superliga jamoalarining imkoniyatlari balandroq. O‘zimiz qatnashadigan har bir musobaqada maksimal darajada harakat qilamiz. Tarkibimiz katta bo‘lmasada, uchta frontda kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Imkon qadar yoshlarning tajribasini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishimiz lozim.

- OFK kubogi bahslariga tayyorgarlik qanday bo‘lyapti?

- Chempionat o‘yinlari orqali tayyorlanamiz. OFK kubogi boshlanadigan pallada yaxshi holatda bo‘lamiz. Tojikistondagi o‘yin su’niy maydonda o‘tishi bizni o‘ylantirmoqda. Bu bizga ozgina bo‘lsada qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Lekin bu bahona bo‘lmaydi. Imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak. Turkmanistonda chempionat davom etmoqda. Tojikistonda ikkita tur o‘tdi. Musobaqaga qadar raqiblarni o‘rganib chiqamiz.

Manba: "Насаф" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:42, 16.04.2021.
O'qildi: 2836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.