Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Klopp Superliga haqida: «Men va futbolchilarim bu jarayonga aloqador emasmiz»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Superliga yaratilishi haqida gapirdi.

Mersisayd klubi yangi musobaqaning 12 asoschisidan biridir.

«Mening Superligaga bo‘lgan munosabatim o‘zgarmadi. Bu haqida birinchi marta kecha eshitganman. Qiyin o‘yinga tayyorlaniish vaqtida biz bu haqida gazetalardan ko‘p bo‘lmagan ma’lumot oldik.

Bu qiyin. Odamlar bundan xursand emaslar, men buni tushunaman. Men bu haqida ko‘p gapira olmayman, chunki men va futbolchilar bu jarayonga aloqador emasmiz.

Yaqingacha ham biz, na men va na futbolchilar bu haqida hech narsa bilmasdik. Keling, bu ishlar qayerga olib borishini kuzataylik», - dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda ham Klopp Yevropa Superligasi g‘oyasiga qarshi chiqqan edi.

«Umid qilamanki, Superliga bo‘lmaydi. Futbol Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi ko‘rinishidagi ajoyib musobaqalarga ega. Men uchun Chempionlar Ligasi har doim bir xil raqiblarga qarshi o‘ynamaydigan Superligadir.

Nega biz «Liverpul» ketma-ket o‘n yil davomida har yili «Real» bilan o‘ynaydigan tizimni yaratishimiz kerak? Kim buni ko‘rishni xohlaydi? " - degan edi o‘shanda nemis mutaxassisi.

Manba: BBC
Kiritildi: 23:55, 19.04.2021.
O'qildi: 7898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик