Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Barcha yo‘llar – Samarqand sari boshlar

Barcha yo‘llar – Samarqand sari boshlar

Baho:
+ | -

Bugun - 20 aprel sanasidan e’tiboran mamlakat futbolida nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi O‘zbekiston kubogi musobaqasining ikkinchi raund bahslariga start beriladi. Guruh bosqichi bahslari boshlanadi.

O‘zbekiston kubogi musobaqasining XXIX to‘qqizinchi mavsumi 28 mart sanasida start olgandi. Birinchi bosqich guruh o‘yinlariga saralash bosqichi vazifasini o‘tab berdi va unda 1-liga jamoalari o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Aslida bitta yo‘llanma uchun boshlangan saralash bosqichi yakunida biz guruh o‘yinlarida qatnashuvchi uchta baxtli jamoaning nomini bilib oldik. Guruh o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan saralash o‘yinlari g‘olibi – “Rubin” jamoasidan tashqari OCHL guruh o‘yinlariga yo‘llanma olgan AGMK birinchi liganing boshqa bir klubi – “Zomin”ga kubok eshiklarini ochib berdi. Moliyaviy inqiroz tufayli Pro liga hamda O‘zbekiston kubogining guruh o‘yinlaridan chiqib ketgan “Istiqlol” o‘rnini Toshkentda “Chig‘atoy”ni dog‘da qoldirgan – “G‘ijduvon” egalladi.

II bosqich tartibi haqida kecha qisqacha ma’lumot bergandik. 24 ta jamoa 6 ta guruhga taqsimlangan. Bitta davrali tizimda o‘tuvchi guruh musobaqasida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar 1/8 finalga yo‘llanma olishadi. OCHL ishtirokchilari – “Paxtakor” va AGMK bahslarga uchinchi bosqichdan qo‘shiladi. Shuningdek, nimchorakni guruh o‘yinlarida eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan – uchinchi o‘rinni egallagan jamoalarning ikkitasi to‘ldiradi.

So‘nggi hal qiluvchi uchinchi bosqich o‘yinlari olimpiya tizimida o‘tkaziladi. Har bitta bosqichdan so‘ng raqiblar qur’a tashlash yo‘li orqali aniqlab boriladi.

Endi, qisqacha O‘zbekiston kubogi musobaqasi tarixi haqida. Aynan shu nom ostidagi bahslar tarixi uzoq 1939 yilga borib taqaladi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e’lon qilingan 1991 yilga qadar Kubok musobaqasi 50 bor tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangan 1941 yilda va turli sabablarga ko‘ra 1980-81 yillarda o‘tkazilmay qolingan xolos. O‘zbekiston kubogini birinchi qo‘lga kiritgan jamoa “Dinamo” (Toshkent) bo‘lsa, so‘nggi g‘olibi – “Instrumentalshik” (Toshkent) bo‘lgan. G‘oliblar orasida Toshkent shahri va viloyati vakillaridan tashqari Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi klublarini ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi ham borligi diqqatga sazovor. Industriya shahri vakillari ikki marta – 1985 va 1990 yillarda Kubokni boshlari uzra baland ko‘tarishgan.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yangilangan O‘zbekiston kubogi bahslariga 1992 yilda asos solindi. Mazkur musobaqa g‘olibligini eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa “Paxtakor” sanaladi. “Sherlar” 13 marta O‘zbekiston kubogiga sazovor bo‘lishgan. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga kubok 4 marta nasib etgan bo‘lsa, Namanganning “Navbahor” hamda Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari 3 martadan kubok sohiblari bo‘lishgan. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 2 marta, “Do‘stlik”, “Nasaf” va AGMK jamoalari 1 martadan kubokka sazovor bo‘lishgan.

Mazkur jamoalardan tashqari “Temiryo‘lchi” (Qo‘qon), “Yangiyer”, MHSK, “Dinamo” (Samarqand), “Traktor” (Toshkent), “Mash’al” va “Sho‘rtan” jamoalari O‘zbekiston kubogining finalida o‘ynagan.

2021 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tkaziladigan shahar nomi ham dastlabki qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilgan kunda ma’lum bo‘lgandi. Bu yil barcha yo‘llar jamoalarni qadimiy va hamisha navqiron – Samarqand shahri sari eltadi. Final uchrashuvi sanasi hozircha aniq emas. Biroq u mavsum oxirrog‘ida Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida o‘tkaziladi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 15:15, 20.04.2021.
O'qildi: 2896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.