Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Litvada o‘tadigan Jahon Chempionatiga yo‘llanma oldi.

Osiyo futbol konfederasiyasi so‘nggi 3 ta qit’a birinchiliklaridagi natijalardan kelib chiqib, mundialga yo‘l oladigan jamoalarni aniqladi. Tashkilot qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston, Eron va Yaponiya futzal terma jamoalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon Chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Qolgan yana 2 o‘rin uchun esa quyidagi 4 ta jamoa kurash olib boradi: Livan, Iroq, Tailand va Vyetnam.

Litvada o‘tadigan JCH—2020 musobaqasiga yo‘llanma taqdim etuvchi Osiyo chempionati 2020 yilning 26 fevralidan 8 martigacha Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab musobaqa noma’lum muddatga qoldirilgandi. Endilikda mazkur musobaqa o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2021 yilning 12 sentyabridan 3 oktyabrigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik futzal terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta 2016 yili Kolumbiyada o‘tkazilgan Jahon Chempionatida ishtirok etgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:51, 20.04.2021.
O'qildi: 4032 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик