Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Yulian Nagelsmann: «Men bu taklifni rahbariyatdan yashirmadim»

Yulian Nagelsmann: «Men bu taklifni rahbariyatdan yashirmadim»

Baho:
+ | -

Kelasi mavsumdan boshlab «Bavariya»ni boshqaradigan «RB Leypsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann klubini almashtirish haqidagi qaroriga izoh berdi.

«"Leypsig"ni qalbimdagi jarohat bilan tark etyapman. Men katta imkoniyatlar va eng yaxshi ish sharoitlari bo‘lgan jamoani boshqardim.

Hamma, shu jumladan jamoa bilan ishlaydigan xodimlar, biz klub uchun ko‘plab hikoyalar yozganimizga amin bo‘ldik va hozir ham ular buni qilishda davom etmoqdalar. Men bundan juda faxrlanaman.

Chempionlar Ligasi yarim finali, albatta, bu birga bo‘lgan davrimizning eng muhim voqeasi bo‘ldi. Bu lahzani hech qachon unutmayman.

Endi biz ichki chempionatda klub tarixidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqdamiz. Buni esa iloji boricha eng yuqori notada yakunlamoqchimiz va keyin ilk marta kubokka ega chiqmoqchimiz.

«Leypsig» - bu ajoyib jamoa, ammo men ketishim kerak. Men «Bavariya» bosh murabbiyi lavozimiga jalb qilinganligimni va agar imkoniyat bo‘lsa, bu ishni boshlamoqchi ekanligimni rahbariyatdan yashirmadim.

Shu sababli, men Oliver Mintzlaff va «Leypuig» ning boshqa rahbarlariga «Bavariya» bilan kelishuvga yechim topib, menga imkoniyat yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman», - deya 33 yoshli mutaxassisning so‘zlarini keltiradi «Leypsig» rasmiy matbuot xizmati.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:01, 27.04.2021.
O'qildi: 2991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик