Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» pul topish yo‘llarini qidirmoqda

«Barselona» pul topish yo‘llarini qidirmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" Yevropa superligasi orqali moliyaviy muammolarini hal qilib olishni ko‘zlagandi. Xususan, musobaqa boshlanishi bilan "ko‘k-anorranglilar" 350 million yevro miqdorida pul olishi kerak edi.

"Barsa" prezidenti Joan Laporta bu pullarga Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishni, jamoa qarzlarini yopishni hamda Erling Xoland yoki Neymarni sotib olishni rejalashtirgan edi. Ammo ushbu loyiha barbod bo‘ldi.

Endi "Barselona" yangi investorlar qidira boshladi. Jumladan, jamoa manfaatli kreditlar yordamida qarzlarni yopmoqchi.

Bundan tashqari, jamoa o‘z stadioni hisoblangan "Kamp Nou" nomini sotishni muhokama qilmoqda. Shu bilan birgalikda, klub futbolchilar maoshlarini qisqartirishda davom etmoqchi va ba’zi o‘yinchilarni sotmoqchi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 20:46, 29.04.2021.
O'qildi: 3562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик