Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Diyor Imomxo‘jayev: «Bizni hozirdanoq 2022 yilgi mavsum tashvishga solyapti»

Diyor Imomxo‘jayev: «Bizni hozirdanoq 2022 yilgi mavsum tashvishga solyapti»

Baho:
+ | -

«Teletranslyasiyalar masalasi ancha nozik. Qolgan sport turlari bilan solishtirganda futbol bo‘yicha ichki chempionatlarni o‘tkazuvchi tashkilot sifatida PFL so‘nggi uch yilda ancha oldinga yurdi. Biz bugunga kelib Sport-TV va UzReport bilan ko‘p jabhalarda kelishib ishlayapmiz.

Aprel oyi Sport-TV uchun ham og‘ir kelganini aytish kerak. Biz O‘zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichini o‘tkazayotgan vaqtimizga badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va jahon kubogi, og‘ir atletika bo‘yicha Osiyookeaniya saralash turniri, qilichbozlik bo‘yicha Osiyookeaniya saralash turniri kabi xalqaro musobaqalar to‘g‘ri kelib qoldi. Olimpiada uchun lisenzion turnirlar sifatida ular Vazirlar Mahkamasi qaydida turadi hamda Sport-TV ularni jonli efirga olib chiqishi shart hisoblanadi.

Tabiiyki, bunday vaqtda futbol bo‘yicha ichki musobaqalarga joy ochish mushkul masala. Shu boisdan odatda MTRK yana bir-ikki telekanalni Sport-TV uchun yordamga beradi. Biroq texnikani barcha musobaqalar uchun birdek taqsimlash imkonsiz, ular sanoqli.

Shularning o‘zi ham ko‘rsatib turibdiki, oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Barcha sport turlarini birgina Sport-TV bilan qamrab olish imkonsiz. Qolgan sport turlarini ham ommalashtirishni istasak, Sport-TV qoshida hatto yana bir sport kanaliga ehtiyoj mavjud ekani ko‘rinadi. Va albatta masala yana texnikaga, yana katta chiqimga borib taqaladi.

Teletranslyasiyalar uchun zarur texnika esa doim juda qimmat turadi. Demak, biz bor og‘irlikni telekanallarga solish emas, katta doiralarda teletranslyasiyalar muammolariga yechim topish yo‘liga tezroq o‘tishimiz kerak. Chunki zamon o‘zgaryapti, biz undan ortda qolmasligimiz lozim.

Birgina xursand qiladigan tomoni, PFL izlanishda va qolgan turlardan ancha oldinda. O‘zim Sport-TV kanalida ishlagan vaqtlarim faqatgina Paxtakor yoki Bunyodkorning Toshkentdagi o‘yinlari efirga olib chiqilardi. Bugun esa Termizdagi o‘yin ko‘rsatilmasa muxlislar norozi bo‘lyapti, bu yaxshi albatta. Kubok vaqtida hatto SportsUz bilan hamkorlikda ishlashga to‘g‘ri keldi. Ular 8 uchrashuvni YouTube orqali namayish etishga ko‘maklashdi. Shu pallada aytish kerakki, bizni hozirdanoq 2022 yilgi mavsum tashvishga solyapti. Biz futbolning eng asosiy mana shu yo‘nalishi haqida juda jiddiy bosh qotirishimiz kerak»

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 23:43, 03.05.2021.
O'qildi: 5597 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.