«Manchester Siti» Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida ham PSJni mag‘lub etdi — 2:0.
Bu «shaharliklar» murabbiyi Pep Gvardiola uchun musobaqa «pley-off»idagi 63-o‘yin bo‘ldi. Natijada, ispaniyalik mutaxassis «Everton» ustozi Karlo Anchelottining rekordini yangiladi.
Shuningdek, Gvardiola «pley-off» bahslarida g‘alaba qozonish (35) bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda.
Pep murabbiylik faoliyati davomida YECHLda uch klub — «Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti» bilan qatnashgan.