Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Aleksandr Xomyakov: "Hozir kichik shok holatidaman"

Aleksandr Xomyakov: "Hozir kichik shok holatidaman"

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Lokomotiv" (1:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida

— Hozir nimanidir izohlash qiyin. Barchasini ko‘rdingiz, kattta ustunlik "Lokomotiv" tomonida bo‘ldi. Bizda hech narsa o‘xshamadi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda juda oqsadik. Bu nima bilan bog‘liq ekanligini ko‘rib chiqamiz va xulosa qilamiz. Albatta, o‘yin uchun ishlab chiqqan rejamiz bor edi, lekin hozir endi buni aytishga hojat yo‘q.

— Mikael Sekeyra matbuot anjumanida "Mash’al"ni juda yaxshi o‘rganib chiqqanligini ta’kidladi. Siz ham "Lokomotiv"ni o‘rgangan holda yaxshi taraddud ko‘rganmidingiz?

— Albatta, o‘rganib chiqqandik. O‘yindagi asosiy kurash maydon markazida kechishini bilgandik. Raqibning har bir to‘p oshirishi xavfli ko‘rinish oldi. Himoyachilarimiz tayyor emasligi sezildi. Futbolchilarimizga taktikani batafsil tushuntirgandik. Hozir kichik shok holatidaman va o‘yinni batafsil sharhlab berishim qiyin. Jamoamizga maydon markazida to‘pni olib qo‘yish borasida tajovuzkorlik yetishmadi.

— Jamoa ko‘tarinki kayfiyatda emas. Bugungi mag‘lubiyat va kayfiyatga moliyaviy holat ta’sir qildimi?

— Qanday maosh?  Nojoiz savol. Futbolchi maydonga chiqqanida, unga pul to‘lashdimi yoki yo‘qligini o‘ylamaydi. Yana aytaman, tayyor emasligimiz sezildi, o‘yinni yomon boshladik.

— Humoyun Murtozayev o‘yin yakunida jarohatlandi, uning holati qanaqa?

— Uning jarohati qanchalik yengil yoki og‘irligi hozir ma’lum emas.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:47, 05.05.2021.
O'qildi: 1984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик