Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

“Milan” A Seriyada 70 yillik rekordni takrorladi

“Milan” A Seriyada 70 yillik rekordni takrorladi

Baho:
+ | -

“Milan” A Seriya 36-turi doirasida 12-may kuni bo‘lib o‘tgan bahsda “Torino”ni mag‘lubiyatga uchratdi (7:0).


Uchrashuvning 24-daqiqasida Samuel Kastilehoga qarshi ishlatilgan qo‘pollikdan keyin turinliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Yarim himoyachi Frank Kesse 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etdi.

“Milan” 2020/21-yilgi mavsum A Seriyada 18 ta penaltini ijro etdi. Bu orqali jamoa o‘zi 1950/51-yilgi mavsumda o‘rnatgan rekordni takrorladi. Shuningdek, bu rekord ko‘rsatkichni o‘tgan mavsum “Lasio” ham qayd etgandi.


Avvalroq “Milan” joriy mavsum davomida 5 marta penaltidan foydalana olmagan holda bu borada kuchli beshlik ligalarida eng yomon natijani qayd etayotgani xabar qilingandi.

“Milan” mavsum tugashiga 2 tur qolganda 75 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi o‘yinlarini “Kalyari” (16-may) va “Atalanta”ga (23-may) qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 21:02, 13.05.2021.
O'qildi: 2237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик