Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

FIFAning 71-kongressi o‘tkazildi. Unda Ravshan Ermatov hamda Avaz Maksumov ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Syurix shahrida FIFAning 71-kongressi bo‘lib o‘tdi. Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan kongressda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov qatnashdi.

FIFA prezidenti Janni Infantino kongressni kirish nutqi bilan ochib berdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyin vaziyatda ham mahalliy va xalqaro futbol uchrashuvlarini tashkil etishga harakat qilganligi uchun FIFA rahbari barcha a’zo assosiasialarga minnatdorchilik bildirdi.

Kongress davomida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi raisi Tomas Bax ham nutq so‘zladi. U pandemiya davrida sport turlari orasida birinchilardan bo‘lib yana avvalgi mavqeyini tiklab olgan, xalqaro musobaqalarni o‘tkazishda namuna bo‘lganligi uchun FIFAga tashakkur bildirib o‘tdi.

Kun tartibiga ko‘ra FIFA tomonidan 2020 yilgi mavsumda amalga oshirilgan ishlar va ularning moliyaviy yillik hisobotlari tinglandi va delegatlar tomonidan FIFAning 2022 yilgi byudjeti tasdiqlandi.

Shuningdek, FIFA nizomiga o‘zgartirish kiritish, ushbu nizomni qo‘llashni tartibga soluvchi qonun-qoidalar va Kongressning doimiy buyruqlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.

Bundan tashqari Yamayka, Saudiya Arabistoni va Liberiya futbol federasiyalari tomonidan yoshlar va ayollar futbolini dunyo bo‘ylab keng miqyosda rivojlantirish bo‘yicha yuborilgan takliflar muhokama etildi.

Kiritildi: 09:48, 22.05.2021.
O'qildi: 2538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик