Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Funksionerlar: Abramovichdan oldin «Chelsi» kiga tegishli edi?

Funksionerlar: Abramovichdan oldin «Chelsi» kiga tegishli edi?

Baho:
+ | -

1982 yilda «Chelsi»ni biznesmen va qurilish magnati Ken Beyts sotib oldi (ungacha «Oldxem» va «Uigan» egasi edi). O‘sha paytlari klub quyi ligalarda o‘ralashib yurar, futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmay qarzga botib yurardi - avvalgi egasi «Stemford Brij»ning rekonstruksiyasi bilan shug‘ullana olmadi. Beyts «Chelsi» uchun ramziy ravishda 1 funt sterling to‘lab, yangi davrni boshladi.

U bilan klub tezda elitaga qaytib, million funt qarzidan qutuldi. Buni hal qilib bo‘lgach, Beyts tajovuzkor muxlislar bilan ishlashga kirishdi. O‘ziga xos tarzda kirishdi. Tikanli simga buyurtma berib, uni maydon atrofiga yotqizdi va elektr oqimini unga uladi. Keyin hokimiyat rad etdi va devorni buzishga majbur qildi.

Beyts klubni Roman Abramovichga sotishdan bir yil oldin ham muxlislar bilan kurashgan. U bir guruhni parazitlar deb atagan. Beytsga tuhmat qilishda ayblov e’lon qilindi.

90-yillarda Beyts klub vise-prezidenti Metyu Xarding bilan «Chelsi»ni qanday boshqarish kerakligi to‘g‘risida bahslashdi. Beyts Xardingga VIP tribunaga tashrif buyurishni taqiqladi. Klubda janjal va hokimiyat uchun kurash avj oldi. Bular esa bortida Xarding bo‘lgan vertolyotning qulashi bilan yakunlandi. Tabiiyki xushmuomalalik o‘rniga Beyts janjal bilan munosabat bildirdi: «U yovuz odam edi. Endi «Chelsi» baxt qushi porlaydi».

Ammo 90-yillarda «Chelsi» Beyts diktaturasi ostida porladi. Klub yarim mavsumni maydonda o‘tkazgan va Angliya kubogi finalini olib kelgan «Suindon» murabbiyi Glenn Xodlni jalb qildi. APLning kuchli o‘ntaligidan o‘rin olgan «Chelsi» kuchli oltilikka kirib, 1999 yilda uchinchi o‘rinni egalladi (Beyts boshqaruvidagi Premer-ligadagi asosiy yutuq). Xodldan keyin Beyts yana futbolchi murabbiyiga pul tikdi. Rud Gullit - «Chelsi» tarixidagi birinchi superyulduzdir. Va u klub uchun 27 yil ichidagi birinchi sovrin - Angliya kubogini yutib berdi.

«Chelsi» hukmronligining oxirlarida Beyts «Uembli»ni tiklash bilan band edi. To‘rt yil davomida u loyihani boshqardi va keyinchalik moliyaviy no‘noqligi tufayli hokimiyatdan g‘azablanib iste’foga chiqqan. Beyts sport kotibi bilan ishlashni istamasligini aytib, uning yordamchilarini lakeylar deb atadi.

2003 yilda «Chelsi» yana qarzga botadi. Pul ishlash uchun klub Chempionlar Ligasiga yo‘l olishi kerak edi. To‘rtinchi o‘rin uchun «Liverpul»ga qarshi hal qiluvchi o‘yin oldidan futbolchilar hattoki Vyetnam urushi qatnashchisi tomonidan rag‘batlantirilgandi. «Chelsi» g‘alaba qozondi, ekshalasiyadan o‘tkazdi va yangi investorlarni izlashni davom ettirdi. qidiruv bir yarim yil davom etdi, ammo Abramovich bilan muzokaralar juda tez o‘tdi.

«Chelsi»ning sobiq direktori Mark Teylor Beytsning his-tuyg‘ulari haqida gapirdi. Unga u loyiha bilan haddan oshib ketgandek tuyuldi va uni sotish vaqti keldi. Abramovich o‘ziga xos xususiyatlar va klub ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritish istagi bilan jalb qilingan.

2005 yilda Beyts shunga o‘xshash hiylani «Lids» bilan sinab ko‘rdi. Afsonaviy klubni qarzga sotib oldi va uni to‘g‘irlashni boshladi. O‘sha mavsumda «Lids» Chempionshipga tushib qoldi, ammo Beyts bilan vaziyat yanada yomonlashdi - ular uchinchi ligaga yo‘l olishdi. Yetti yil ichida Beyts besh nafar murabbiyni almashtirdi, 70 nafar futbolchini ijaraga oldi va bema’ni voqealarga tushib qoldi.

* Darhol Abramovich bilan janjallashib qoldi. Beyts «Chelsi»ning «Lids»dagi uch nafar yosh yulduzini aldab ketganidan g‘azablandi. U intervyusida «Chelsi» haqida shunday dedi: «Endi klubni Sibirdan kelgan ko‘plab dilerlar boshqaradi». Bu «Chelsi»ning g‘azabini qo‘zg‘atdi va FAdan uning kechirim so‘rashiniyu unga nisbatan chora ko‘rilishini talab qildi.

Jurnalistlar hatto Beytsning so‘zlaridan antisemitizmni ko‘rishdi va tushuntirish so‘rashdi. Beyts bunga eski inglizcha ibora bilan javob qaytardi: «Umrim bino bo‘lib bunaqa kulmagandim».

* Beyts «Lids» stadioni va mashg‘ulot maydonini sotib olish haqidagi va’dasini bajarmadi. Shuningdek, u firibgarlar sxemasi orqali klubdan qarzdorliklarni o‘chirishga urindi. Liga bu uchun umuman «Lids»ni professional maqomidan mahrum qilishi mumkin edi, ammo atigi 15 ochkoni olib tashlash bilan cheklandi. «Lids» -15 bilan deyarli Chempionshipga qaytdi - pley-offdan mahrum bo‘lishdi.

* Murabbiy Dennis Uayzning aytishicha, bir paytlar Beyts 17 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni so‘ragan. Murabbiy yigitning futbol o‘ynashni bilishiga shubha qildi - nega u kerak? Beyts transferni shunchaki tushuntirdi: futbolchining otasi muvaffaqiyatli biznesga egalik qiladi va agar o‘g‘lini jamoaga olib borish kerak bo‘lsa u bilan shartnoma imzolanadi.

* Beyts 2012 yilda klubni GFH investisiya guruhiga sotgan, ammo faxriy prezident bo‘lib qolgan. Beyts Monakodan uyiga Angliyaga uchib ketish uchun uch yil davomida klub byudjetidan yarim million funt sterling sarflaganini bilganiga qadar Beyts bir yil turdi. Beyts kutilgandek iste’foga chiqqandan so‘ng shunday dedi: «Men klub pulini tejab qoldim, chunki shartnoma yevroda emas, funt bilan tuzilgan edi. Men hamma narsani «Lids» manfaati uchun qildim».

Hozir Beyts 89 yoshda. U intervyusida Abramovichni maqtaydi, ammo Premer-ligadagi xorijlik xo‘jayinlarga qarshi chiqadi: «Chet elliklarga juda ko‘p pul tushadi, ular hech qanday soliq to‘lamaydilar. «Manchester Yunayted» amerikaliklarga, «Liverpul» esa boshqa amerikaliklarga tegishli. Ular birinchi bo‘lib Premer-ligani 18 jamoaga qisqartirishmoqchi. Shunday qilib, bu yerdan keting. Hech kim sizni bu yerga taklif qilmadi».

M.Pulotov tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 28.05.2021.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.