Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Real" va "Barselona" Ispaniya Superkubogi uchun "Malyorka"ga 200 000 yevrodan mukofot puli beradi

"Real" va "Barselona" Ispaniya Superkubogi uchun "Malyorka"ga 200 000 yevrodan mukofot puli beradi

Baho:
+1 | -

"Real Madrid" va "Barselona" Ispaniya Superkubogidan tushgan mablag‘ning bir qismini "Malyorka"ga o‘tkazadi.

Bu haqda "Malyorka"ning biznes direktori Alfonso Dias ma’lum qildi.

"Ular olingan mablag‘ning bir qismini biz va "Atletik" bilan bo‘lishadi, ammo men tafsilotlarga to‘xtalmayman.

Buni federasiya belgilaydi va biz kelishuvni ko‘rmagan bo‘lsak-da, shartlar o‘tgan yilgidek bo‘lishini ta’minlashga harakat qildik", - dedi Dias.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, "Real" va "Barselona" "Malyorka"ga har biri 200 ming yevrodan o‘tkazadi - shu tariqa, klub Ispaniya Superkubogida ishtirok etgani uchun 1,3 million yevro olishi kafolatlangan. Avvalgi mavsumda "Osasuna" turnirning boshqa ishtirokchilaridan qo‘shimcha to‘lovlar olgan.

Ispaniya Superkubogi Saudiya Arabistonida 8-12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirning yarim finalida “Barselona” 8 yanvar kuni “Atletik” bilan, 9 yanvar kuni “Real Madrid” “Malyorka” bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 19:05, 08.01.2025.
O'qildi: 4124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик