Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Alaba "Real"ga o‘tgandan keyin nimalar dedi

Alaba "Real"ga o‘tgandan keyin nimalar dedi

Baho:
+ | -

Himoyachi David Alaba "Bavariya"dan "Real"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi.


"Real" mening ro‘yxatimda birinchi edi. Ushbu klub, xuddi Bavariya kabi, dunyodagi eng yirik klublardan biri hisoblanadi. Uning buyuk tarixi bor. Bu yerda biz faqat har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish, barcha yutish mumkin bo‘lgan sovrinlar haqida gaplashamiz.


"Bavariya"da menga g‘oliblik mentaliteti, titullarga chanqoqlik singib ketdi. Bu "Real"da qo‘l keladi. Men ushbu jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shishni, ushbu klub tarixiga kirishni istayman. "Bavariya"da 13 yil ishlaganimdan so‘ng, Yevropa chempionati tugagach, "Real"da yangi yo‘lni boshlash ishtiyoqiga to‘lganman", - deya Alabaning so‘zlarini keltirgan Bild nashri.


Avvalroq, "Real" himoyachi bilan besh yillik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgan edi. Futbolchi Yevro-2020 yakunlangandan so‘ng "Real"ning yangi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.


David Alaba "Bavariya"da 2009-yildan beri o‘ynab kelayotgandi. Avstriyalik futbolchi Bundesligada o‘yinlar soni bo‘yicha chet elliklar orasida Myunxen klubining rekordchisiga aylangandi.

Kiritildi: 21:22, 29.05.2021.
O'qildi: 6446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик