Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Zidan "Real" muxlislariga xat yo‘lladi

Zidan "Real" muxlislariga xat yo‘lladi

Baho:
+1 | -

Zinedin Zidan «Real» bosh murabbiyligidan ketganidan so‘ng klub muxlislariga ochiq maktub bilan chiqdi. Fransiyalik mutaxassis unda nima sababdan iste’foga chiqqani ma’lum qilgan.

Men ushbu xatni madridliklar uchun yozyapman. Siz bilan xayrlashish va bu vazifani tark etish qarorimni tushuntirish uchun. Madridda muhim bo‘lgan bir omilni unutib qo‘yishdi, ular men barpo etgan hamma narsani esdan chiqardi.

Men «Real»ni tark etmoqdaman, chunki klub menga ishonmayotganini va o‘rta yoki uzoq muddatli loyiha qurish uchun meni qo‘llab-quvvatlamayotganini his qilyapman. Men futbolni yaxshi tushunaman, «Real»dek jamoaning talablarini ham. Agar hech qanday sovrin yutmadingmi, demak ketishing kerak. Ammo men birgalikda erishgan yutuqlarimizga hurmat bo‘lishini istayman. Mening klub va prezident bilan bo‘lgan munosabatlarim boshqa mutaxassislar bilan bo‘lganidan farq qilishini istardim. Yo‘q, imtiyozlar so‘ramadim, shunchaki bir oz ko‘proq xotiralar, xolos.

Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar puldan ham, shon-sharafdan ham, umuman barcha narsadan muhimroqdir. Shuning uchun mag‘lubiyatdan keyin matbuotda agar keyingi o‘yinda g‘alaba qozonmasak, meni iste’foga chiqarishlari haqida o‘qiganimda juda qattiq ranjidim.

Ushbu mish-mishlar ataylab ommaviy axborot vositalarida tarqatildi, ular shubha va tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Baxtimga mening ixtiyorimda ajoyib yigitlar (futbolchilar) bor edi, ular so‘nggi nafaslariga qadar yonimda bo‘ldi. Ular menga ishondi va men ham ularga ishonishimni bilardi. Ular meni qutqardi!

Madridda 20 yil bo‘lish — hayotimdagi eng ajoyib voqeadir. Buning uchun 2001 yilda men uchun kurashgan va doimo meni qo‘llab-quvvatlagan Florentino Peresga minnatdorchilik bildiraman.

Men jamoaga nima kerakligini aniq bilaman. Madridda o‘tgan 20 yil davomida shuni angladimki, siz muxlislar g‘alaba qozonishni xohlaysiz va, albatta, biz ham shuni istaymiz. Lekin siz (muxlislar) birinchi navbatda futbolchi va murabbiylarning borini berishini xohlaysiz. Sizni ishontirib aytamanki, biz o‘zimizni ishimizga 100 foiz baxshida qildik.

Zinedin Zidan, murabbiy

Zidan o‘z xohishiga ko‘ra 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani bekor qildi. U murabbiy sifatida «qirollik klubi» boshqaruvida 276 o‘yin o‘tkazib, 174 ta g‘alaba, 53 ta durang, 36 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Fransiyalik mutaxassisning madridliklar bilan qo‘lga kiritgan sovrinlar soni esa 11 tani tashkil qiladi.

«Real» Zidan boshqaruvida 2020/21 yilgi mavsumda La Ligada ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib bordi.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 13:16, 31.05.2021.
O'qildi: 10892 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.