Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana

Ronaldu va Husanov o‘rtasidagi muloqot tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Ronaldu va Husanov o‘rtasidagi muloqot tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Paxtakor» klublarining sobiq hujumchisi Azamat Abduraimov Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston — Portugaliya (0:5) uchrashuvidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov hamda Krishtianu Ronaldu o‘rtasida kechgan suhbat haqida gapirdi.

O‘zbekistonda yana yangi Abduqodir Husanovlar yetishib chiqishini kutsa bo‘ladimi?

— «Albatta! Faxr bilan ayta olamanki, Husanov mening shogirdlarimdan biri. Men u bilan 14 yoshidan 16 yoshigacha o‘smirlar terma jamoasida ishlaganman. O‘sha paytning o‘zidayoq u futbolga juda mehr qo‘ygan, ishtiyoqli yigit edi. Futbol uning hayotidagi eng muhim narsa bo‘lgan. Buning ustiga, otasi ham futbolchi.

O‘zbekistonda bunday iqtidorlar bor. Terma jamoalarimiz so‘nggi yillarda Osiyo chempionatlarida g‘olib bo‘layotgani, turli yosh toifalarida Jahon chempionatlariga chiqayotgani yoshlarga o‘zini ko‘rsatish va Abduqodir kabi kuchli klublardan taklif olish uchun katta turtki bo‘lmoqda».

Uning shunday darajaga chiqishi, «Manchester Siti» asosiy tarkibidan joy olishi va hatto mavsumning eng yaxshi uch futbolchisidan biri bo‘lishini tasavvur qilganmidingiz?

— «Rostini aytsam, hech qachon! Agar o‘shanda buni bilganimda, agenti bo‘lardim, ha-ha! Ammo uning juda yaxshi bola, terma jamoamdagi eng iqtidorli yigitlardan biri ekanini yaxshi bilardim. Shuning uchun undan juda xursandman. Har gal uchrashganimizda unga omad tilayman va faoliyatining boshida qanday professional bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qolishini istayman».

Jahon chempionati davomida u bilan gaplashishga ulgurdingizmi?

— «Yo‘q. Bu juda mas’uliyatli palla edi. Faqat men emas, hammamiz futbolchilarning ruhiy holatini tushunib, ularni bezovta qilmaslikka harakat qildik. Men uning otasi bilan do‘stman, u biz bilan veteranlar jamoasida to‘p tepadi. Salomimni otasi orqali yetkazdim.

Otasi menga qiziq bir voqeani aytib berdi. Abduqodir bilan Krishtianu Ronaldu o‘rtasida shunday muloqot bo‘lgan ekan. Ronaldu unga: "Sen juda tezkorsan", debdi. Abduqodir esa: "Siz ham juda tezkorsiz", deb javob beribdi. Shunda Ronaldu: "Yo‘q, men endi qarib qoldim", deb hazil qilgan. Keyin esa unga golni nishonlaganda qo‘lini og‘ziga qo‘ymaslikni maslahat beribdi, chunki hozir bu harakat uchun maydondan chetlatishlari mumkinligini aytgan».

Manba: sports.kz
Kiritildi: 11:56, 01.07.2026.
O'qildi: 74642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик