Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Mbappening bahsli penaltisi bo‘yicha rasmiy tushuntirish berildi

Mbappening bahsli penaltisi bo‘yicha rasmiy tushuntirish berildi

Baho:
+4 | -

Ispaniya Hakamlar texnik qo‘mitasi «Betis» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuvda penalti bilan bog‘liq epizodda bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes to‘g‘ri qaror qabul qilganini tasdiqladi.

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 94-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi. Takroriy lavhalarda mezbonlar himoyachisi Mark Bartra fransuz futbolchisi zarba berishidan oldin jarima maydoniga kirib ketgandek ko‘rindi.

Biroq Hakamlar texnik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, arbitr vaziyatni to‘g‘ri baholagan. Mbappe penaltini qayta tepishi kerak bo‘lmagan, chunki Bartraning faqat bir oyog‘i jarima maydoni chizig‘idan ichkarida bo‘lgan va zarba berilgan paytda u hali maydonga tegmagan.

Shu tariqa, penaltini qayta tepish uchun asos bo‘lmagan.

«Real» uchrashuvni qutqarib qola olmadi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu Joze Mourinyo jamoasining joriy La Liga mavsumidagi ilk ochko yo‘qotishi bo‘ldi.

Kiritildi: 08:01, 05.09.2026.
O'qildi: 6039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик