Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»ni og‘ir oktyabr kutmoqda: Chempionlar ligasi va «el-klasiko»

«Real»ni og‘ir oktyabr kutmoqda: Chempionlar ligasi va «el-klasiko»

Baho:
+-2 | -

«Real Madrid»ni oktyabr oyida La Liga va Chempionlar ligasi doirasida beshta muhim uchrashuv kutmoqda. Madridliklar oy davomida Ispaniya chempionatida uchta, Yevropaning eng nufuzli klub turnirida esa ikkita bahs o‘tkazadi.

Xalqaro tanaffusdan keyin «Real» 10 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Oradan to‘rt kun o‘tib, 14 oktyabrda madridliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Italiyada «Roma» mehmoni bo‘ladi.

18 oktyabr kuni «Real» La Liga doirasida «Sevilya»ni qabul qiladi. 21 oktyabrda esa jamoa yana «Bernabeu»da maydonga tushib, Chempionlar ligasida «RB Leypsig» bilan kuch sinashadi.

Oyning eng katta uchrashuvi 25 oktyabr kuniga belgilangan. «Real Madrid» safarda prinsipial raqibi «Barselona»ga qarshi mavsumdagi ilk «El-Klasiko»ni o‘tkazadi. Bahs «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi.

«Real Madrid»ning oktyabr taqvimi:

— 10 oktyabr: «Real» — «Vilyarreal» — La Liga
— 14 oktyabr: «Roma» — «Real» — Chempionlar ligasi
— 18 oktyabr: «Real» — «Sevilya» — La Liga
— 21 oktyabr: «Real» — «RB Leypsig» — Chempionlar ligasi
— 25 oktyabr: «Barselona» — «Real» — La Liga

Shu tariqa, Madrid klubi 15 kun ichida beshta uchrashuv o‘tkazadi. Ayniqsa, 14–25 oktyabr oralig‘ida «Roma», «Sevilya», «Leypsig» va «Barselona»ga qarshi ketma-ket bahslar jamoa uchun jiddiy sinov bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:14, 04.10.2026.
O'qildi: 2624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик