Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso «Chelsi»dan «Barsa» futbolchisini olib kelib berishini talab qilmoqda

Xabi Alonso «Chelsi»dan «Barsa» futbolchisini olib kelib berishini talab qilmoqda

Baho:
+1 | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Barselona»ning yulduz futbolchilaridan birini transfer qilishda qat’iy turibdi. Ispaniyalik mutaxassis hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopesni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

«Alonso Lopesni yuqori tezlikda harakat qilishi, intensiv o‘yini va jarima maydoniga o‘z vaqtida kirib borish qobiliyati tufayli o‘z loyihasi uchun ideal futbolchi deb hisoblaydi», — deb yozadi El Nacional.

«Barselona» 23 yoshli Lopesni sotishni istamayapti. Kataloniya klubi taklif miqdori 120 million yevroga yetmasa, muzokara stoliga ham o‘tirmasligi aytilmoqda. Amalda transfer qiymati bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Avvalroq ham Fermin Lopesning «Chelsi»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:10, 04.10.2026.
O'qildi: 2907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик