Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu va Messi bir jamoada to‘p tepishi mumkin

Ronaldu va Messi bir jamoada to‘p tepishi mumkin

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Argentinalik hujumchi Lionel Messi va portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu yana bir bor bir maydonda to‘p surishi mumkin. Bu haqda ESPN Argentina xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves o‘z vatanida xayrlashuv uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirmoqda. O‘yin 19 dekabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Tarqalayotgan xabarlarga qaraganda, Teves faoliyati davomida birga to‘p surgan qariyb 60 nafar futbolchini mazkur uchrashuvga taklif qilmoqchi. Mehmonlar orasida Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Andrea Pirlo va boshqa ko‘plab futbol yulduzlari bo‘lishi mumkin.

Karlos Teves hozir 42 yoshda. U 2022 yil iyun oyida futbolchilik faoliyatini rasman yakunlagan.

Kiritildi: 13:30, 05.09.2026.
O'qildi: 4801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик